SSV fuqarolarga malayziyaliklarni o‘rnak qilib ko‘rsatdi

© Ministerstvo zdravooxraneniya respubliki UzbekistanZdanie ministerstva zdravooxraneniya respubliki Uzbekistan
Zdanie ministerstva zdravooxraneniya respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlik bugun ko‘cha, bozor va boshqa jamoat joylarida aksariyat fuqarolarning karantin, niqob taqish qoidalarini qo‘pollik bilan buzish holatlari ko‘payib borayotganidan xavotirda ekanini bildirgan.

TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi. Vazirlik karantin qoidalari yumshatilgani odamlarni xotirjamlikka emas, balki sergaklikka chorlashi zarurligini ta’kidladi.

Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatda sentabrning ilk kunida 343 nafar bemor qayd etilgan bo‘lsa, 9 cyentabrda bu ko‘rsatkich qariyb 170 nafarga oshdi. Karantin tartiblarining yumshatilishi, bir qancha faoliyat turlariga ruxsat berilishi, shuningdek, maktablarda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan aholi o‘rtasida o‘zaro muloqotning ko‘payishi, o‘z navbatida, koronavirus xavfini ham kuchaytiradi.

Oslablenie karantinnogo rejima v Gretsii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda "maska rejimi" bekor qilingani yo‘q. Biroq ko‘pchilik niqobsiz ko‘chaga chiqmoqda

Vazirlik bugun ko‘cha, bozor va boshqa jamoat joylarida aksariyat fuqarolarning karantin qoidalariga rioya qilmasdan, beparvolik bilan, o‘zaro masofa saqlash va niqob taqish qoidalarini qo‘pollik bilan buzish holatlari ko‘payib borayotganidan xavotirda ekanini bildirgan.

Ta’kidlanishicha, karantin choralari yumshatilgandan keyin ham har bir fuqaro tibbiy niqobda bo‘lishi, mijozlar orasida 2 metrlik masofani ta’minlashi lozim.  Shuningdek, obyektdagi jihozlarni muntazam dizenfeksiyalash, havo aylanish tizimini zararsizlantirish kabi qat’iy belgilangan sanitariya-gigiyena talabalariga rioya etilishi lozim.

“Hali davosi topilmagan, keyinchalik qanday asoratlar qoldirishi, yuqtirilgandan so‘ng yana qaytalanmasligi shubha ostida bo‘lgan, qarshisida butun dunyo tibbiyoti ojiz turgan kasallikka qarshi yagona samarali chora hisoblangan sanitariya qoidalariga amal qilmaslik, tibbiyot niqoblarni taqmaslik uchun qanchalik beparvo bo‘lish kerak?!”, - deya savol bilan yuzlangan SSV.

Dunyo tajribasida ko‘rinmoqdaki, har qanday cheklovdan ko‘ra, odamlar orasidagi karantin madaniyati koronavirusni oldini olishda samaraliroq bo‘lib qolmoqda.

“Misol uchun, 33 millionga yaqin aholisi bo‘lgan  Malayziyada avgust oyida kasallanish holati 355 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, sentabrning dastlabki haftasi davomida bor-yo‘g‘i 37 nafarni tashkil etgan, xolos. Bunda aholining ongli ravishda hukumat va shifokorlarning tavsiyalarini so‘zsiz bajarishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ularda karantin tugaganiga qaramay jamoat joylarida haliyam masofa saqlash, niqob taqish, maqsadsiz ko‘chaga chiqmaslik, katta tadbirlar o‘tkazmaslik odatga aylandi”, - deya misol keltiradi vazirlik.

SSV o‘z murojaatida mamlakat prezidentining pandemiya sharoitida yashashga, mehnat qilishga o‘rganishimiz shart degan so‘zlarini yana bir bor eslatib o‘tgan.

U vsex posetiteley s pomoshyu teplovizora izmerayetsya temperatura tela pri vxode na rinok i dezinfitsiruyetsya ruki antiseptikami - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19: O‘zbekiston Markaziy Osiyoda kasallanish bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqdi

“Hurmatli vatandoshlar! Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, bundan keyin pandemiya sharoitida yashashga, mehnat qilishga o‘rganishimiz shart. Ayni paytda o‘z salomatlingizni asrashingiz, avvalo, o‘zingiz, so‘ngra tibbiyot xodimlari va mamlakatimiz uchun qilgan eng katta xizmatingizdir. Oilangiz va farzandlaringiz hayotiga befarq bo‘lmang, yaqinlaringizning dard chekishiga sababchi bo‘lib qolmang”, - deya yakunlanadi murojaat.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda dunyoda kasallanganlar soni 28 million nafardan oshgan. Qurbonlari soni esa 900 mingdan ziyod kishini tashkil etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0