Dunyoda

Bloomberg: AQSH kompaniyasi Belarusda saytlarni bloklashda ishtirok etgan

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Bloomberg” agentligi xabariga koʻra, “Sandvine” kompaniyasi Belarus hukumatiga prezident saylovlari vaqtida mamlakatdagi saytlarni bloklash uchun texnologiyalar taqdim etgan.

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Amerikaning “Sandvine” kompaniyasi Belarus hukumatiga prezident saylovlari vaqtida mamlakatdagi saytlarni bloklash uchun texnologiyalar taqdim etgan. Bu haqda “Bloomberg” agentligi oʻz manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko vыstupayet na mitinge v yego podderjku - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Badavlat burjuychalar va aytishniklarga hokimiyat kerak boʻlib qoldi - Lukashenko

Taʼkidlanishicha, AQSH firmasi vakillari mamlakatning rasmiy shaxslari bilan uchrashgan, soʻngra esa Minskka zaruriy jihozlarni keltirishgan.

“Sandvine” agentlikka izoh bermagan, shuningdek, Belarus IIV ham agentlik soʻroviga javob bermagan.

Belarusda 9 avgust kuni prezident saylovlari vaqtida butun mamlakat boʻylab internet bilan muammolar yuzaga keldi. Xususan, yomon aloqa tufayli saytlar, jumladan, davlat saytlari yuklanmagan. Qidiruv tizimlari va YouTube ishlamagan, messenjerlarda ham uzilish kuzatilgan. 12 avgust kuni ertalab Minskda mobil internet va  ijtimoiy tarmoqlar ishi qayta tiklangan.

Yangiliklar lentasi
0