Chinozda dahshatli YTH: to‘rt kishi qurbon bo‘ldi, yana ikki kishi kasalxonada

© Press-slujba GUBDD MVD UzbekistanaStrashnoe DTP v Tashkentskoy oblasti: chetvero pogibli, dvoe v bolnitse
Strashnoe DTP v Tashkentskoy oblasti: chetvero pogibli, dvoe v bolnitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
34 yoshli “Neksiya-3” haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, beton to‘siqdan yo‘lni qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketgan. Natijada “Lasetti” bilan to‘qnashgan.

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Toshkent viloyati Chinoz tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

YTH 13-sentabr kuni soat 00:10 larda tumandagi Ko‘tarma MFY hududidan o‘tgan M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 858-kilometrida ro‘y bergan.

34 yoshli “Neksiya-3” haydovchisi T.S. rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqdan yo‘lni qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketgan. So‘ngra 39 yoshli “Lasetti” haydovchisi F.N. bilan to‘qnashib ketgan. Har ikkila haydovchi mashinani xavfsizlik kamarini taqmagan holda boshqargan.

V Samarkandskoy oblasti avtomobil sbil 20-letnego pyanogo parnya, lejavshego na doroge - Sputnik O‘zbekiston
Bulung‘urda yo‘lda mast yotgan yosh yigitni mashina bosib ketdi

Natijada “Neksiya-3” haydovchisi 34 yoshli T.S., “Lasetti” haydovchisi 39 yoshli F.N. hamda ushbu avtomobil yo‘lovchilari 40 yoshli E.X. va 25-30 yoshlardagi ayol (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.

Shuningdek, “Lasetti” yo‘lovchilari 29 yoshli K.B. va 44 yoshli Yu.H.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida  yo‘lda yotgan 20 yoshli yigitni mashina bosib ketgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0