Jamiyat

Elektr energiya va gaz: Mirziyoyev yaxlit onlayn tizim joriy etish boʻyicha topshiriq berdi

© Press-slujba prezidenta Shavkat Mirziyoyev na videoselektornom soveщanii po razvitiyu lesnogo xozyaystva
Shavkat Mirziyoyev na videoselektornom soveщanii po razvitiyu lesnogo xozyaystva - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 sentyabr kuni elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish hamda nazorat qilish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 sentyabr kuni elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish hamda nazorat qilish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Kompressornaya ustanovka Krexovskogo mestorojdeniya prirodnogo gaza v Jidachevskom rayone Lvovskoy oblasti, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Fargʻona vodiysi aholisiga gaz va elektr taʼminoti hajmi oshiriladi - Energetika vazirligi

Yigʻilishda elektr energiyasi hamda tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini toʻliq joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Bu maqsadlar uchun qariyb 1,2 milliard dollar mablagʻ yoʻnaltirilmoqda.

“Bu mablagʻlarning natijadorligi va qaytimi faqatgina hisoblagichlarni oʻrnatish bilan hal boʻlib qolmaydi. Isteʼmolchi sarf qilgan energiya resursi hajmini bilish bilan tizimdagi yoʻqotishlar va oʻgʻirliklarga chek qoʻyib boʻlmaydi. Buning uchun “energiyani ishlab chiqaruvchi – magistral tarmoqlar – taqsimlash tarmoqlari – isteʼmolchi” jarayonlarining har bir zanjirini qamrab oluvchi yaxlit onlayn tizimni yaratish kerak,” – dedi davlat rahbari.

Hamma joyda hisoblagichlar oʻrnatish, ularga xizmat koʻrsatadigan servislar tashkil etib, uzluksiz ishlashini taʼminlash, malakali kadrlar tayyorlash muhimligi taʼkidlandi.

Hokimlar, sektor rahbarlari, mahalla faollari aholi bilan har kuni ishlab, qarzdorlikni vaqtida toʻlash, tarmoqqa noqonuniy ulanishlarning oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlarini kuchaytirishi lozimligi aytildi.

Otkrыtiye Bыstritskogo gazovogo mestorojdeniya v Lvovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston Tojikistonga gaz eksportini toʻxtatdi

Bugungi kunda joylarda qariyb 4 million dona elektr energiyasi hisoblagichi oʻrnatilib, shundan 2 milliontasi yagona elektron bazaga ulangan. Yigʻilishda “Hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyatiga yil yakunigacha yana 3,5 million dona elektr hisoblagich oʻrnatib, 2021 yil 1 martga qadar avtomatlashgan tizimni toʻliq ishga tushirish vazifasi qoʻyildi.

Shuningdek, yirik isteʼmolchi va tadbirkorlik subʼyektlari, taqsimlash punkti hamda transformatorlarga elektron hisoblagichlar oʻrnatib, ularni ham yagona elektron bazaga ulash boʻyicha topshiriq berildi.

“Hududgaztaʼminot” aktsiyadorlik jamiyati joriy yil yakunigacha aholiga 1,2 million dona, kelgusi yilning birinchi yarmida yana 2,3 million dona zamonaviy gaz hisoblagich oʻrnatishi zarurligi taʼkidlandi.

Bunda birinchi navbatda tabiiy gaz isteʼmoli va qarzdorlik darajasi yuqori boʻlgan 22 ta tuman va shahar qamrab olinadi. 4 mingdan ziyod yirik isteʼmolchilar, gaz quyish shoxobchalari va ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, 850 ta issiqxona avtomatlashtirilgan tizimga ulanadi. 

Energetika vazirligiga har bir tuman, shahar kesimida hisoblagichlarni yetkazib berish, oʻrnatish va tizimga ulash ishlarini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish topshirigʻi berildi.

Viloyat, tuman va shahar hokimlariga hududlarda ishchi guruhlar tuzib, mahalla raislari bilan birgalikda aholiga hisoblagichlar oʻrnatishni tashkillashtirish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni tezkorlik bilan hal etish vazifasi qoʻyildi.

Deystvuyuщiye proyektы v Uzbekistane poluchat 2 milliarda dollarov ot Lukoyla  - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston “Lukoyl” bilan gaz sotib olish haqida muzokaralar olib bormoqda

“Hududiy elektr tarmoqlari” hamda “Hududgaztaʼminot” jamiyatlarining texnik xodimlari va IT mutaxassislarini ushbu zamonaviy tizim bilan ishlash, uning barcha imkoniyatlari va qulayliklaridan samarali foydalanish boʻyicha malakasini oshirish kerakligi taʼkidlandi. Har bir hududda hisoblagich va boshqa uskunalarni taʼmirlash, ularga xizmat koʻrsatish tizimini yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Yigʻilishda elektr energiyasi va tabiiy gazdan debitor qarzdorlikni kamaytirish masalasiga ham toʻxtalib oʻtildi.

Tarmoq rahbarlari elektr energiyasi hamda tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala