TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tuman sudida “Korean and migration xususiy bandlik agentligi” mansabdorlariga sud hukmi eʼlon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Sud hukmiga koʻra:
Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ direktori Qahramon Otaqulov uzil-kesil 9 yil;
Agentlikning Namangan viloyat filiali direktori Odil Kabilov uzil-kesil 9 yil;
Agentlik taʼsischisi Xushvaqt Turdiyev 8 yil 3 oy;
Agentlikning oʻquv ishlari boʻlimi direktori Musurmon Aliqulov 8 yil 3 oy;
Agentlikning Namangan viloyat filiali ish yurituvchisi Anvarjon Shamshiddinovga 8 yil 3 oy;
Agentlikning Namangan viloyat filiali gʻaznachisi Orifjon Joʻrayev 8 yil 3 oy;
Agentlikning hamkori Kang Nam Kyuga 8 yil 6 oy;
Vositachi Jolol Xidirovga 6 yil;
Vositachi Furqat Kamalov 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.
Mahkumlar 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan.
Shuningdek, agentlikning hisobchisi Mavluda Otajonovaga 5 yil 9 oy 21 kun, agentlikning kadrlar boʻlimi inspektori Raʼno Nuraliyevaga 6 yil 1 oy, MCHJ agenti Iroda Djabborovaga 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi hamda tayinlangan jazo shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi.
Sudlanuvchilar Oʻzbekiston JKning 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) va boshqa moddalarda nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
Sudlanuvchilardan jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar undirish belgilandi.