Qarshida muqaddam ikki marta sudlangan OTM o‘qituvchisi pora bilan qo‘lga tushdi

© AFP / YURI KORSUNTSEVUzbekskie studenti sdayut vstupitelnie ekzameni pod otkritim nebom v Tashkente
Uzbekskie studenti sdayut vstupitelnie ekzameni pod otkritim nebom v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, u muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etganligi uchun 2018 va 2019-yillarda 2 marotaba sudlangan.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Qarshida abituriyentlarga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan onkolog va pedagog pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Peredacha portfelya iz ruk v ruki - Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘istonda dekan o‘rinbosari pora olayotgan vaqtda qo‘lga tushdi

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati markazidagi oilaviy poliklinikada onkolog shifokor bo‘lib ishlash bilan bir qatorda Qarshi Davlat universitetida o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritib, talabalarga saboq berib kelgan shaxs aldov yo‘li bilan o‘zgalarning pul mablag‘ini o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan.

U go‘yoki yuqori lavozimda ishlaydigan tanishlari borligini ro‘kach qilib, bir abituriyentni Qarshi davlat Universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming dollar, ikkinchi abituriyentni M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 2 ming dollar, jami 7 ming dollar olgan vaqtida bilan ushlangan.

Ta’kidlanishicha, u muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etganligi uchun 2018 va 2019-yillarda 2 marotaba sudlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0