Ertadan Oʻzbekistonda havo salqinlashadi

© Sputnik / Aleksey Savostin / Fotobankka oʻtishOtdыxayuщiye v usadebnom parke "Suxanovo" v Moskovskoy oblasti.
Otdыxayuщiye v usadebnom parke Suxanovo v Moskovskoy oblasti. - Sputnik Oʻzbekiston
Harorat kechasi 10-15 darajagacha, kunduzi 22-27 darajagacha pasayadi, bu iqlimiy meʼyordan 5-7 darajaga pastdir.

TOSHKENT, 16 sen - Sputnik. 17-18 sentyabrda salqin va kam nam havo butun Oʻzbekiston hududiga tarqaladi, deb xabar qilmoqda Oʻzgidromet.

Izobrajeniye koronavirusa SARS-CoV-2(oboznachen jeltыm tsvetom), kotorыy porajayet kletki cheloveka - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Koronavirusni toʻliq yoʻq qiluvchi modda topildi

"Bugun, 16 sentyabrdan respublikaning shimoliy tumanlariga Volgaboʻyidan salqin va kam nam havo oqimi kirishni boshlaydi. Kun davomida bu oqim mamlakatimizning shimoli va choʻl zonasidan oʻtadi va bulutlilikning ortishi va kunduzgi haroratning 20-25 darajagacha pasayishiga olib keladi", - deyiladi xabarda.

17-18 sentyabrda salqin va kam nam havo butun Oʻzbekiston hududiga tarqaladi. Hamma joyda bulutlilik ortadi, qisqa muddatli yomgʻirlar faqat respublikaning togʻoldi va togʻli tumanlarida yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 darajagacha, kunduzi 22-27 darajagacha pasayadi, bu iqlimiy meʼyordan 5-7 darajaga pastdir.

Sovuq havo fronti oʻtishi natijasida 16-17 sentyabr kunlari respublika boʻyicha shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

19 sentyabrda janubi-gʻarbiy issiq havo sovuq oqimni siqib chiqarishni boshlaydi va kunduzgi harorat 1-2 darajaga koʻtarilib, 25-30 darajani tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala