Siyosat

Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlari yangi mazmun bilan toʻldiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan prinyal zamestitelya predsedatelya pravitelstva Rossiyskoy Federatsii
Prezident Respubliki Uzbekistan prinyal zamestitelya predsedatelya pravitelstva Rossiyskoy Federatsii - Sputnik Oʻzbekiston
Pandemiyaga qaramasdan Oʻzbekiston va Rossiya orasida tovar ayirboshlash koʻrsatkichlari ortib, qoʻshma korxonalar soni koʻpaymoqda, dedi Mirziyoyev.

TOSHKENT, 16 sen - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi oʻrinbosari Aleksey Overchukni qabul qildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlari kun tartibini yangi mazmun bilan boyitish maqsadida hamkorlikdagi ustuvor dastur va loyihalarni jadallashtirish muhimligi taʼkidlandi.

Xususan, iqtisodiy kooperatsiya boʻyicha uzoq muddatli dastur tayyorlash, qoʻshma investitsiya loyihalarini ilgari surish hamda hududlar oʻrtasida amaliy aloqalarni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi va MDH doirasida yaqin muloqotlarni davom ettirish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev koronavirus infektsiyasi bilan bogʻliq xavf-xatarlarga qaramay Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida faol muloqot va hamkorlik surʼati saqlab qolinayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oʻz navbatida Aleksey Overchuk uchrashuv oʻtkazish imkoniyati uchun prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va hukumati raisi Mixail Mishustinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala