O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari yangi mazmun bilan to‘ldiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan prinyal zamestitelya predsedatelya pravitelstva Rossiyskoy Federatsii
Prezident Respubliki Uzbekistan prinyal zamestitelya predsedatelya pravitelstva Rossiyskoy Federatsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pandemiyaga qaramasdan O‘zbekiston va Rossiya orasida tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari ortib, qo‘shma korxonalar soni ko‘paymoqda, dedi Mirziyoyev.

TOShKENT, 16 sen - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-sentabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi o‘rinbosari Aleksey Overchukni qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlari kun tartibini yangi mazmun bilan boyitish maqsadida hamkorlikdagi ustuvor dastur va loyihalarni jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Xususan, iqtisodiy kooperatsiya bo‘yicha uzoq muddatli dastur tayyorlash, qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish hamda hududlar o‘rtasida amaliy aloqalarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi va MDH doirasida yaqin muloqotlarni davom ettirish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq xavf-xatarlarga qaramay Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida faol muloqot va hamkorlik sur’ati saqlab qolinayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘z navbatida Aleksey Overchuk uchrashuv o‘tkazish imkoniyati uchun prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va hukumati raisi Mixail Mishustinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

Yangiliklar lentasi
0