Shavkat Mirziyoyev yangi saylangan Yaponiya bosh vazirini tabrikladi

© REUTERS / Eugene HoshikoGeneralniy sekretar yaponskogo pravitelstva Yosixide Suga, izbranniy liderom pravashey v Yaponii partii
Generalniy sekretar yaponskogo pravitelstva Yosixide Suga, izbranniy liderom pravashey v Yaponii partii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq sog‘lig‘i holati tufayli lavozimini tark etgan Sindzo Abening o‘rniga Yosixide Suga Yaponiya bosh vaziri etib saylangan edi.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Yosixide Sugaga uning mamlakat bosh vaziri etib saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Parlamentarii v maskax v Tokio  - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiya imperatori hukumatning yangi tarkibini tasdiqladi

Mirziyoyev maktubida ikki tomonlama munosabatlarda yuksak darajaga erishilgani ta’kidlangan hamda O‘zbekiston-Yaponiya strategik sherikligi bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishiga ishonch bildirilgan.

Avvalroq sog‘lig‘i holati tufayli lavozimini tark etgan Sindzo Abening o‘rniga Yosixide Suga bosh vazir etib saylangan edi.

Yaponiya imperatori Naruxito chorshanba kuni Tokiodagi saroyda o‘tkazilgan tantanali tadbirda bosh vazir Yosixide Suga boshchiligidagi mamlakatning yangi hukumati tarkibini tasdiqladi.

Yangiliklar lentasi
0