Sport

WBC reytingida oʻzbek bokschilari qaysi oʻrinlarda

© AFP 2022 / Roger KisbyChempionskiy poyas bokserskoy assotsiatsii WBC
Chempionskiy poyas bokserskoy assotsiatsii WBC - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Butunjahon boks uyushmasi (WBC) sentyabr oyi uchun bokschilarning yangilangan reytingini eʼlon qildi. Undan 8 nafar oʻzbekistonlik bokschi oʻrin olgan.

TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Butunjahon boks uyushmasi (WBC) sentyabr oyi uchun bokschilarning yangilangan reytingini eʼlon qildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

WBC boshqa tashkilotlardan farqli ravishda kuchli 15 bokschini emas, 40 nafar charm qoʻlqop ustasi reytingini eʼlon qiladi.

Uzbekskiy bokser Shaxram Giyasov - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Shahram Gʻiyosovning navbatdagi jang sanasi va raqibi maʼlum boʻldi

Taʼkidlanishicha, eʼlon qilingan reytingdan 8 nafar oʻzbekistonlik bokschi oʻrin olgan. Birinchi oʻta yengil vazn toifasida (-48,9) Hasanboy Doʻsmatov avvalgi oydagi kabi 32-pogʻonada qolgan.

Birinchi yarim oʻrta vazn toifasida (-63,50 kg) uch nafar oʻzbekistonlik WBC reytingida TOP-40dan joy olgan. Shohjahon Ergashev WBC reytingida 24-pogʻonadan joy olgan. Yana bir charm qoʻlqop ustasi Anvar Turopov esa 39-oʻringa joylashgan. Shahram Gʻiyosov esa 40-oʻrinni egallab turibdi. Shahram oʻtgan oy ushbu reytingda qayd etilmagandi.

Elnur Abduraimov provel finalnыy boy - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Iordaniyadagi turnirda oʻzbek bokschilari umumjamoa hisobida birinchi boʻldi

Birinchi oʻrta vazn toifasida (-69,8 kg) ayni paytda WBA qitʼalararo chempionlik kamari sohibi boʻlib turgan Isroil Madrimov yangilagan reytingning 22-pogʻonasiga koʻtarilib oldi. Ushbu vaznda bir necha kun oldin Moskva shahrida jang oʻtkazib, WBC Youth kamarini qoʻlga kiritgan Ravshan Mahammadjonov 40-oʻringa koʻtarilib oldi.

Ikkinchi oʻrta vazn toifasidagi Azizbek Abdugʻofurov (-76,2 kg) ikkinchi oʻrindan oltinchi oʻringa tushib ketgan. Azizbek ayni paytda WBC Silver kamari sohibi hisoblanadi. Mazkur vaznda, shuningdek ,Bektemir Meliqoʻziyev 39-pogʻonadan 37-oʻringa koʻtarilgan.

Yangiliklar lentasi
0