Hodisalar

Qaygʻuli muhabbat: Namanganda yigit va qiz oʻz joniga qasd qildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishKarantinnыy tsentr v Kommunarke
Karantinnыy tsentr v Kommunarke  - Sputnik Oʻzbekiston
Sevishganlar dala maydoniga borib, oʻzlari bilan olib kelgan osh pichoq bilan dastlab qiz yaxshi koʻrgan yigitining qorin qismiga bir marotaba urgan, soʻngra pichoqni yigitga bergan va oʻzining qorniga urishini soʻragan.

TOSHKENT, 16 sen - Sputnik. Namanganda sevishganlar ota-onasini qoʻrqitib qoʻyish maqsadida oʻz jonlariga qasd qilishdi, natijada qiz vafot etdi.

Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Parkentda ayol unga gap otgan yigitni pichoqlab oʻldirib qoʻydi

Hodisa 15 sentyabr kuni sodir boʻlgan. Aniqlanishicha, Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida yashovchi 21 yoshli I.M va 20 yoshli K.M ota-onalari ularning turmush qurishlariga qarshilik qilganidan norozi boʻlib, oʻzaro kelishgan holda, oʻz jonlariga qasd qilishga qaror qilgan.

Sevishganlar dala maydoniga borib, dastlab qiz yaxshi koʻrgan yigitining qorin qismiga bir marotaba urgan, soʻngra pichoqni yigitga bergan va oʻzining qorniga urishini soʻragan.

Yigit pichoq bilan qizning qorin qismiga bir marotaba urgan vaqtida, qiz hushidan ketishi oqibatida pichoq qizning qorin qismiga chuqur kirib ketgan. Qiz vafot etgan. I.M esa shifoxonaga yotqizilgan.

Jestokoye ubiystvo rebenka v Tashkente: roditeli zaputali sledstviye - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda mast ota-ona 5 yoshli qizini oʻldirib, murdasini oʻchoqda yoqib yubordi

Ushbu holat boʻyicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki surishtiruvlarga koʻra, I.M va K.M lar besh yil davomida sevishib, uchrashib yurgan. Ammo qizni otasi boshqa yigitga unashtirib qoʻygan. 14 sentyabr kuni sevgan qizining otasini oldiga borib, qizini unga berishini soʻraganda, ota rozi boʻlmagan.

Shundan soʻng, 15 sentyabr kuni I.M va K.M oʻzaro telefon orqali kelishib, Kosonsoy tuman markazidagi "Istirohat" bogʻi oldida koʻrishib, Kosonsoy tuman markazida joylashgan dehqon bozoridan 1 dona osh pichogʻini 4000 soʻmga sotib olib, shu yaqin atrofdagi fermer xoʻjaligi dala maydoniga borib bir-birlariga pichoq urishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala