TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasining 100 million dozasini Hindiston farmatsevtika kompaniyasiga yetkazib berishga kelishib oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Gap yetakchi hind farmatsevtika firmalaridan biri Dr. Reddy's Laboratories Ltd (Dr. Reddy's) haqida bormoqda.
“Yetkazib berish 2020 yil oxirida klinik tadqiqotlar natijalari va vaktsina Hindistonda roʻyxatga olingandan soʻng boshlanishi mumkin”, - deyilgan xabarda.
Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaktsina dunyoda birinchi boʻlib 11 avgust kuni roʻyxatga olindi va u “Sputnik V” deb nomlandi. 8 sentyabr kuni u keng muomalaga chiqarildi. 9 sentryabr kuni esa u bilan Moskvada koʻngillilarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi.