Jamiyat

Oʻzbekiston Samaradan yana 938 nafar fuqarosini olib keldi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Fotobankka oʻtishPosadka na vыvoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan
Posadka na vыvoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan  - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.

TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Maxsus poyezd reysi orqali Samaradan 938 nafar Oʻzbekiston fuqarolari olib kelindi. Bu haqda Oʻzbekiston Transport vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Respublika maxsus komissiyasi Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyaning Samara viloyatidan olib kelish uchun “Toshkent–Kinel–Toshkent” temir yoʻl reysini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan edi.

Samolet AAirbus 320 uzbekskix avialiniy  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Uzbekistan Airways Moskvadan-Toshkentga biletlar sotishni boshladi

Rossiya va Qozogʻiston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 14 sentyabr kuni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ poyezdi 938 nafar fuqarolar bilan “Kinel” stantsiyasidan Oʻzbekistonga joʻnagan edi.

Mazkur poyezd ayni damda Toshkent Janubiy vokzaliga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Samara va Yekaterinburgdan 1681 nafar oʻzbekistonlik olib kelingani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala