Iqtisod

Oʻzbekiston va Rossiya 5,8 mlrd dollarlik 104 ta loyiha ustida ishlamoqda

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishKupyurы amerikanskix dollarov
Kupyurы amerikanskix dollarov - Sputnik Oʻzbekiston
Ayni paytda sanoat kooperatsiyasi sohasida 5,8 mlrd dollar miqdorida 104 ta investitsiya loyihasi ishlab chiqilmoqda.

TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Oʻzbekiston va Rossiya 5,8 mlrd dollar miqdorida 104 ta investitsiya loyihasi ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar qilmoqda.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga koʻra, Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari Sardor Umurzakov Rossiya hukumati raisining oʻrinbosari Aleksey Overchuk bilan ikki mamlakat investitsiyaviy hamkorligining istiqboli va savdo aloqalarini muhokama qildi.

“Ayni paytda sanoat kooperatsiyasi sohasida 5,8 mlrd dollar miqdorida 104 ta investitsiya loyihasi ishlab chiqilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Qoʻshma loyihalar keyinchalik uchinchi mamlakat bozorlariga sotilishi uchun qoʻshimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan.

Prezident Respubliki Uzbekistan prinyal zamestitelya predsedatelya pravitelstva Rossiyskoy Federatsii - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlari yangi mazmun bilan toʻldiriladi

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning sakkiz oyi davomida 209 qoʻshma korxona tashkil etildi va Rossiya kapitali ishtirokidagi Oʻzbekistondagi korxonalarning umumiy soni soʻnggi uch yil ichida ikki baravarga koʻpayib 2 mingtadan oshdi.

Tomonlar imzolanishi ikki mamlakat oʻrtasida tovar aylanmasini oshirish uchun qulay sharoit shakllantirishga imkon yaratadigan bir qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar kelishuvini jadallashtirish mexanizmlarini koʻrib chiqishdi.

Jumladan, Mintaqalararo hamkorlikning II Forumi, XHYUK hududida Oʻzbekiston Respublikasi Koʻrgazma-madaniy markazining ochilishi, Moskvada “Made in Uzbekistan” Milliy koʻrgazmasi, Taʼlim forumi va Mediaforum tashkil etilishining amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, Oʻzbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi va bu boradagi faol ikki tomonlama munosabatlarni davom ettirish yuzasidan konstruktiv fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala