O‘zbekiston va Rossiya 5,8 mlrd dollarlik 104 ta loyiha ustida ishlamoqda

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishKupuri amerikanskix dollarov
Kupuri amerikanskix dollarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda sanoat kooperatsiyasi sohasida 5,8 mlrd dollar miqdorida 104 ta investitsiya loyihasi ishlab chiqilmoqda.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya 5,8 mlrd dollar miqdorida 104 ta investitsiya loyihasi ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar qilmoqda.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzakov Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Aleksey Overchuk bilan ikki mamlakat investitsiyaviy hamkorligining istiqboli va savdo aloqalarini muhokama qildi.

“Ayni paytda sanoat kooperatsiyasi sohasida 5,8 mlrd dollar miqdorida 104 ta investitsiya loyihasi ishlab chiqilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Qo‘shma loyihalar keyinchalik uchinchi mamlakat bozorlariga sotilishi uchun qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan.

Prezident Respubliki Uzbekistan prinyal zamestitelya predsedatelya pravitelstva Rossiyskoy Federatsii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari yangi mazmun bilan to‘ldiriladi

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning sakkiz oyi davomida 209 qo‘shma korxona tashkil etildi va Rossiya kapitali ishtirokidagi O‘zbekistondagi korxonalarning umumiy soni so‘nggi uch yil ichida ikki baravarga ko‘payib 2 mingtadan oshdi.

Tomonlar imzolanishi ikki mamlakat o‘rtasida tovar aylanmasini oshirish uchun qulay sharoit shakllantirishga imkon yaratadigan bir qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar kelishuvini jadallashtirish mexanizmlarini ko‘rib chiqishdi.

Jumladan, Mintaqalararo hamkorlikning II Forumi, XHUK hududida O‘zbekiston Respublikasi Ko‘rgazma-madaniy markazining ochilishi, Moskvada “Made in Uzbekistan” Milliy ko‘rgazmasi, Ta’lim forumi va Mediaforum tashkil etilishining amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi va bu boradagi faol ikki tomonlama munosabatlarni davom ettirish yuzasidan konstruktiv fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0