Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Narendra Modini 70 yoshi bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Indii Narendroy Modi
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Indii Narendroy Modi - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident oʻz tabrigida Hindiston bosh vaziriga sihat-salomatlik, baxt-saodat va yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

TOSHKENT, 17 sen - Sputnik. Oʻzbekiston grezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri Narendra Modiga 70 yoshga toʻlishi munosabati bilan samimiy qutlovlarini yoʻlladi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

"Prezident oʻz maktubida Hindiston Bosh vaziriga sihat-salomatlik, baxt-saodat va masʼuliyatli davlat lavozimidagi faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, doʻst Hindiston xalqiga esa tinchlik-omonlik va bardavom taraqqiyot tiladi", - deyilgan xabarda. 

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston prezidenti lavozimiga saylanganidan soʻng dastlabki safarlaridan biri Hindistonga boʻlgan edi. 2018 yilning oktyabr oyida boʻlib oʻtgan tashrif davomida Oʻzbekiston prezidenti tantanali qabul qilingan, davlatlar orasida muhim shartnomalar imzolangan edi. Shuningdek, tashrif davomida Oʻzbekiston prezidenti Agra shahridagi Boburiylar avlodi merosi boʻlgan Toj-Mahal majmuasida ham boʻlgan edi. 

Ayni damda Oʻzbekiston va Hindiston orasida madaniy va iqtisodiy loyihalar izchil rivojlanmoqda. Masalan bugun Toshkentning Sergeli tumanida Hindistonning 500 million dollarlik sarmoyasi yordamida 10 ming kishilik Minerva universiteti qurilishiga tamal toshi qoʻyildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala