Yevropa parlamenti Lukashenkoni Belarus prezidenti deb tan olmadi

© Sputnik / Viktor Tolochko / Mediabankka o‘tishPrezident Belarusi Aleksandr Lukashenko
Prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa parlamenti deputatlari Belarusdagi prezident saylovlari yakunlarini tan olmadi. Shuningdek, ular Aleksandr Lukashenkoni qonuniy prezident deb hisoblamaydi.

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Yevropa parlamenti Belarusdagi prezident saylovlari yakunlarini tan olmaydi va Aleksandr Lukashenkoni qonuniy prezident deb hisoblamaydi. Tegishli hujjat tashkilot saytida e’lon qilingan.

Ta’kidlanishicha, Yevropa parlamenti Yevropa kengashi pozitsiyasiga muvofiq 9-avgust kuni Belarusda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlari natijalarini rad etadi. Chunki ular barcha tan olingan xalqaro meyorlar buzilishiga yo‘l qo‘yilgan holda o‘tgan.

“... Aleksandr Lukashenkoni Belarus prezidenti deb tan olmaydi”, - deyilgan hujjatda.

Prezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Belorussii A. Lukashenko v Sochi - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko Putindan qurol so‘radi

Yevropa parlamenti deputatlari 14-17 sentabr kuni yalpi sessiyada Belarusdagi vaziyat, Aleksey Navalniy bilan bog‘liq vaziyat va Rossiya bilan munosabat kabi boshqa masalalarni muhokama qildi.

Belarusdagi ommaviy norozilik namoyishlari 9-avgust kuni, prezident saylovlarida oltinchi marotaba Lukashenko g‘alaba qozongach, boshlangan edi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, u 80,1 foiz ovoz olgan. Muxolifat saylovlarda Svetlana Tixanovskaya g‘alaba qozondi deya hisoblaydi. Tixanovskayaning o‘zi mamlakatni tark etishga qaror qildi va Litvaga yo‘l oldi.

Namoyishlarning ilk kunlarida kuch tuzilmasi xodimlari protest qatnashchilariga nisbatan ko‘z yosh oqizuvchi gaz, vodomet, shovqin granatalari, rezina o‘qlarni ishlatishgan. So‘ngra huquq tartibot organlari mitinglarni tarqatishni va kuch metodlaridan foydalanishni to‘xtatishdi.

Rasmiy ma’lumotlarga, ilk kunlarda 6,7 mingdan ziyod qo‘lga olingan. IIV xabariga ko‘ra, tartibsizliklar davomida yuzlab odamlar jabrlangan, jumladan, 120dan ortiq kuch xodimlari ham. Belarus hukumati ma’lumotiga ko‘ra, uch kishi qurbon bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0