Oston O‘runov debut golini urgan o‘yinda “Spartak” yirik hisobda g‘alaba qozondi

Obuna bo‘lish
Futbol bo‘yicha Rossiya Kubogi guruh bosqichining 1-turida Oston O‘runov “Spartak” tarkibida debut golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Futbol bo‘yicha Rossiya Kubogi guruh bosqichining 1-turida “Spartak” “Rodina”ga qarshi bahs olib bordi.

Unda “qizil-oqlar” yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 52-daqiqasida o‘zbekistonlik futbolchi Oston O‘runov raqibning bir nechta himoyachisini ortda qoldirdi va darvoza tomon aniq zarba yo‘lladi. Uning zarbasi darvozabonni dog‘da qoldirdi. Shu tariqa O‘runov “Spartak” tarkibida debut golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

“Spartak” asosiy tarkibida ilk bor tushgan Oston O‘runov mazkur bahsda to‘liq harakat qildi.

Yangiliklar lentasi
0