Rossiya qurilish maydonlarida migrantlar yetishmayapti - bosh vazir o‘rinbosari

© Sputnik / Aleksey MalgavkoRabochie vo vremya stroitelstva
Rabochie vo vremya stroitelstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus pandemiyasi tufayli Rossiya qurilish maydonlarida mehnat migrantlarining yetishmasligi sezilmoqda.

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Chegaralarning yopilgani Rossiya qurilish maydonlarida ishchi kuchi etishmasligiga olib keldi, deb ta’kidladi RF bosh vazir o‘rinbosari Marat Xusnullin.

Probirka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus: 17-sentabr asosiy xabarlari

Yaqin xorij, Xitoy va Koreya mehnat migrantlari hisobiga Rossiyaga ishchi kuchi oqimi keladi. Koronavirus pandemiyasi tufayli Rossiya Federatsiyasiga kirish sezilarli darajada cheklandi, shu sababli qurilish maydonlarda ishchilar yetishmayapti.

Ayni paytda Rossiyada ishsizlikning ma’lum darajasi saqlanib qolmoqda, shuning uchun odamlarni qurilish mutaxassisliklari bo‘yicha qayta o‘qitishga to‘g‘ri kelmoqda, deydi bosh vazir o‘rinbosari.

Xusnullin ta’kidlashicha, migrantlarning yetishmasligi qurilish loyihalari ishiga sezilarli darajada ta’sir qilmaydi.

Rossiya Federatsiyasi Qurilish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya hududlarida 100 ming qurilish ishchilariga ehtiyoj mavjud.

Yangiliklar lentasi
0