Senat: karantinda dabdabali to‘y qilayotgan yulduzlar uchun jarima yetarli chora emas

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishSvadba na Vorobyevix gorax
Svadba na Vorobyevix gorax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Senator Baxtiyor Sayfullayev ko‘ra-bila turib tartib-qoidani mensimay dabdabali to‘y o‘tkazgan yulduzlarni tanqid qildi.

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev ko‘ra-bila turib tartib-qoidani mensimay buzgan yulduzlarni tanqid qildi.

Keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Bravo” jamoasi vakili Ahmad Temirov hamda xonanda Vohidjon Isoqovlarning nikoh to‘ylari tasvirlangan video va fotolavhalar jamoatchilikning keng muhokamasiga sabab bo‘ldi.

Svadebnie kolsa - Sputnik O‘zbekiston
Taniqli xonanda karantin qoidalariga amal qilmay to‘y o‘tkazganlik uchun jarimaga tortildi

“Albatta, yoshlarimizni yangi oila ostonasiga qadam qo‘yganliklari bilan tabriklayman. Ammo koronavirus balosi hali o‘z ta’sir kuchini ko‘rsatib, kundan-kunga kasallanish ortib borayotgan bir vaqtda maxsus komissiya talablariga zid ravishda 30 kishidan ortiq mehmonlarni yig‘ib, karantin tartib qoidalarga rioya etmaslik va oxir-oqibat yaqinlarimizning sog‘lig‘ini, hayotini xavf ostiga qo‘yish to‘g‘rimi?”, - deya savol bilan yuzlangan senator.

Sayfullayev tabriklash uchun kelgan o‘ndan ortiq san’atkorlar hamda yuzga yaqin mehmonlarning ijtimoiy masofa saqlash, niqob taqish nima ekanligi yodlaridan ham chiqib ketganligi tarqalgan video va fotolardan yaqqol ko‘rinib turganiga e’tibor qaratgan.

U Ahmad Temirov, Vohidjon Isoqov o‘rnatilgan tartibda jarimaga tortilganidan xabari borligini ta’kidlagan. Biroq bunday xatti-harakatlar “tartib qoidalarga zid ravishda mana shunday to‘y o‘tkazib, belgilangan jarimani to‘lab ketish bilan osongina qutulish mumkin” degan noto‘g‘ri xulosalar shakllanshiga sabab bo‘lishi yomon.

“Bu kabi ko‘ra-bila turib tartib-qoidani mensimay buzganlar faqatgina ma’lum bir miqdorda jarima to‘lash bilan qutulishi yetarli emasdek, nazarimda. Jamiyat qoidalariga, insonlar hayotiga bunchalar bepisandalik bilan qarash ko‘rinmas dushman bilan olishib jonlarini fido qilgan yuzlab shifokoru-harbiylarimiz, yurtdoshlarimiz xotirasi va mehnatlariga nisbatan ham hurmatsizlik deb baholashga loyiq”, - deya hisoblaydi Sayfullayev.

Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, ushbu holatlar bo‘yicha Madaniyat vazirligiga  Senator so‘rovi yuborilgan.

Mazkur masala esa Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingan.

Yangiliklar lentasi
0