Sergelida Minerva xalqaro universiteti qurilishi boshlandi

© Press-slujba xokimiyata TashkentaSeremoniya otkritiya stroitelstva mejdunarodnogo universiteta Minerva World of Knowledge
Seremoniya otkritiya stroitelstva mejdunarodnogo universiteta Minerva World of Knowledge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hindiston kompaniyasi Sergelida 10 ming o‘rinli halqaro universitet binosini qurishni boshladi. Asosiy bino 1-yilda qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 17 sen- Sputnik. Bugun Toshkentning Sergeli tumanida "Minerva World of Knowledge" xalqaro universiteti qurilishi uchun tamal toshi qo‘yildi, deb xabar qilmoqda poytaxt hokimiyati.

© Press-slujba xokimiyata TashkentaMaket sovremennogo studencheskogo gorodka Minerva World of Knowledge
Sergelida Minerva xalqaro universiteti qurilishi boshlandi - Sputnik O‘zbekiston
Maket sovremennogo studencheskogo gorodka Minerva World of Knowledge

Marosimda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, "Minerva World of Knowledge" loyiha rahbari Murali Lal Jalan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari O‘ktam Salomov va boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar.

Stroitelstvo jilix domov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Hind kompaniyasi Sergeli tumanida 500 mln dollarlik loyihani amalga oshiradi

Tadbirda xorijiy investorlar loyiha taqdimotini ham o‘tkazdilar. Ma’lum qilinishicha, bu yerda 10 000 dan ziyod talabaga mo‘ljallangan, xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlovchi universitet quriladi.

Asosiy bino 2021-yilning sentabrida qurib bitkaziladi va keyin 5-yil davomida boshqa kampuslari, sport majmuasi, kutubxonasi va talabalar turar joylari bunyod etiladi.

Ushbu loyiha haqidagi dastlabki ma’lumot 2019-yilda paydo bo‘lgan edi. O‘shanda Hindiston kompaniyasi Sergeli tumani hududida umumiy qiymati 500 million dollar bo‘lgan universitet, yotoqxonalar, turar joylar, maktabgacha ta’lim muassasalari, tibbiyot va sport inshootlari qurishga shartnoma imzolangani xabar qilingan edi. 

 

Yangiliklar lentasi
0