Oʻzbekiston 1 oktyabrdan oʻz chegaralarini toʻliq ochmoqda

© Sputnik / Marina Lыstseva / Fotobankka oʻtishBoing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways
Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik Oʻzbekiston
Respublika maxsus komissiyasi qarori asosida, xorijiy davlatlardan avia, temir yoʻl va avtotransport vositasi orqali Oʻzbekistonga keluvchi shaxslarni qabul qilishning yangi tartibi joriy etiladi.

TOSHKENT, 17 sen - Sputnik. 2020 yil 1 oktyabrdan mavjud karantin va sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga aviatsiya, temir yoʻl va avtoyoʻl oʻtkazish punktlari orqali kirib-chiqishga ruxsat berildi.

Probirka - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda koronavirus: 17 sentyabr asosiy xabarlari

Shu munosabat bilan avval joriy qilingan cheklovlar bekor qilinadi.

Masʼul idoralarga chet davlatlar mutasaddi idoralari bilan muzokaralar oʻtkazib, barcha turdagi xalqaro qatnovlar (avia, temir yoʻl, avtobus qatnovlari) sonini koʻpaytirish boʻyicha topshiriq berildi.

1 oktyabrdan boshlab, Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afgʻoniston bilan chegarada joylashgan avtoyoʻl oʻtkazish punktlari orqali Oʻzbekistonga kirayotgan shaxslar koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekshiruvidan oʻtgan holda 14 kunga mehmonxona yoki uy karantiniga yuboriladi.

Shuningdek, xorijdan Oʻzbekistonga kirib kelishning yangi tartibi eʼlon qilindi

Respublika maxsus komissiyasi qarori asosida, xorijiy davlatlardan avia, temir yoʻl va avtotransport vositasi orqali Oʻzbekistonga keluvchi shaxslarni qabul qilishning yangi tartibi joriy etiladi.

Jamiyat
Aqtau va Urganch oʻrtasida parvozlarni yoʻlga qoʻyish muhokama qilindi

Soʻnggi 14 kun davomida "yashil" davlatda (Xitoy, Tailand, Malayziya, Janubiy Koreya, Gruziya, Vengriya, Finlandiya, Latviya, Avstriya va Yaponiya) boʻlib turgan shaxslar – Oʻzbekiston hududiga toʻgʻridan toʻgʻri kiritiladi.

"Sariq" (Ozarbayjon, Belarus, BAA va Yevropa Ittifoqi davlatlari (Buyuk Britaniya va Ispaniya bundan mustasno) hamda "qizil" davlatlardan (qolgan barcha davlatlar) kirib kelayotgan shaxslar – soʻnggi 72 soat davomidagi koronavirusga PZR testi manfiy natijalari toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etgan holda Oʻzbekiston hududiga kiritiladi.

Vstrecha passajirov, pribыvshix iz Kitaya, v aeroportu Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yoʻlovchilarning havo transporti orqali kirib kelish tartibi belgilandi

Agar shaxs soʻnggi 72 soat ichida koronavirusga test topshirmagan boʻlsa yoki shaxsda koronavirus infektsiyasining alomatlari (yoʻtal, isitma va b.q.) mavjud boʻlsa, Oʻzbekistonga kelganidan soʻng oʻtkazish punkti (aeroport, vokzal yoki boshqa) hududida oʻz hisobidan koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekshiruvidan oʻtadi hamda Oʻzbekiston hududiga kiritilib, 14 kunga mehmonxonaga yoki uy karantiniga yuboriladi.

Oʻzbekistonga kelayotgan shaxslardan 14 kun davomida mehmonxonada yoki uy karantinida boʻlish majburiyatini zimmasiga olish toʻgʻrisida tilxat olinadi.

Tekshiruv natijalari musbat boʻlgan taqdirda, shaxs belgilangan tartibda karantin markazi yoki xohishiga koʻra mehmonxonaga karantinga joylashtiriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala