Buxoroda Reks laqabli it o‘g‘rilar izidan tushib, jinoyatni fosh qildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarda aytilishicha, noma’lum shaxslar Jondor tumanida yashovchi xonadon sohibining uyidan 580 ming so‘mlik uy-ro‘zg‘or buyumlarini o‘g‘irlab ketganlar.

TOShKENT, 18 sen - Sputnik. Buxoroning Jondor tumanida Reks laqabli xizmat iti yordamida o‘g‘irlik jinoyati fosh etildi.

Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Kamikadze Shvars va izquvar Zorro: Toshkent viloyati kinologiya markazidan foto-reportaj

Xabarda aytilishicha, noma’lum shaxslar Jondor tumanida yashovchi xonadon sohibining uyidan 580 ming so‘mlik uy-ro‘zg‘or buyumlarini o‘g‘irlab ketganlar.

Ushbu holat yuzasidan tezkor tergov guruhi tarkibida voqea joyiga chiqqan viloyat IIB Patrul post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya xizmati kichik inspektor-kinologi Ashraf Qilichov, o‘ziga biriktirilgan "Reks" laqabli xizmat iti yordamida ushbu jinoyatni issiq izida fosh etgan.

Natijada mazkur jinoyatni sodir qilgan M.T. qo‘lga olinib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-m. 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0