Jamiyat

Karantin choralarini takroran kuchaytiriladimi - Nurmat Otabekov javobi

© AFP / YURI KORSUNTSEVPolitseyskiye v maskax na ulitsax Tashkenta
Politseyskiye v maskax na ulitsax Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Otabekovning soʻzlariga koʻra, karantin choralarini takroran kuchaytirilishiga asos boʻladigan sababning oʻzi yoʻq

TOSHKENT, 18 sen - Sputnik. Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi, respublika bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov 15 oktyabrdan karantin tadbirlari qaytadan kuchaytiriladi, degan mish-mishlar nechogʻliq toʻgʻriligi yuzasidan berilgan savolga izoh berdi.

Svadebnыe koltsa - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Taniqli xonanda karantin qoidalariga amal qilmay toʻy oʻtkazganlik uchun jarimaga tortildi

Otabekovning soʻzlariga koʻra, karantin choralarini takroran kuchaytirilishiga asos boʻladigan sababning oʻzi yoʻq.

Uning aytishicha, koronavirus infektsiyasi bilan kurashishi uchun respublika sogʻliqni saqlash tizimi yetarli darajada dori vositalari, test sistemalar, shifo oʻrinlari, IVL (sunʼiy nafas olish apprati), kislorod kontsentratorlari va tibbiy maxsus kiyimlarning yetarli zaxirasi tashkil etilgan;

COVID-19 bilan kurashishda Oʻzbekiston tibbiyot xodimlari xorijiy xamkasblari bilan muntazam aloqa oʻrnatgan va ilgʻor xalqaro tajribalarni respublika tibbiyot amaliyotiga tadbiq etish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, fuqarolarning oʻzini va yaqinlarini sogʻligini saqlash uchun karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilishni davom ettirish lozim, deb taʼkidlagan Otabekov.

Statsionarnыy post dps na Drujbe narodov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda 5 sentyabrdan keyin qaysi karantin cheklovlari saqlab qolinadi
SSV vakili respublikada karantin bekor qilinmagani, faqat yumshatilganini eslatib oʻtdi.

"Bu davrda yoʻl qoʻyilgan masʼuliyatsizlik, ushbu kasallikka chalinish ehtimolini oshiribgina qolmasdan, baʼzi yondosh kasalligi bor odamlarda ogʻir kechishi, hatto oʻlimga ham olib kelishi mumkinligini unutmaslik lozim; odamlar gavjum boʻladigan joylarda (istirohat bogʻlari, dam olish maskanlari, mahalla, koʻchalar, savdo, transport va h.k) aholi tomonidan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini buzilishi holatlariga barham berish boʻyicha kengaytirilgan tushuntirish va nazorat tadbirlarini davom ettirish, belgilangan talablarni buzgan shaxslarga murosasiz boʻlish kerak", - degan u.

Fuqarolarga oʻzlari, yaqinlari va atrofdagilarning sogʻligʻi uchun masʼul ekanliklarini doimo eslatib turish, ularni tartibga chaqirish, shuningdek, turli surunkali kasalliklarga chalingan va koronavirusni ogʻir oʻtkazishi mumkin boʻlgan aholi qatlamini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni bajarishda aholini vijdonan yondoshishga chaqirgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala