OAV fuqaro shaxsiy suratidan qanday hollarda ruxsatsiz foydalanishi mumkin?

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishSifrovoy fotoapparat "Zenit-M"
Sifrovoy fotoapparat Zenit-M  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Huquqshunos fikriga ko‘ra, axbrot kommunikatsiya rivojlangan davrda fuqaro shaxsiy hayotiga doir ma’lumotlarni himoya qilish juda muhim.

TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Fuqarolik kodeksiga shaxsiy fotosuratdan ruxsatsiz foydalanishni ta’qiqlashga doir yangi modda kiritilishini - Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori A’zam Madaminov izohlab berdi.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Fuqarolik kodeksining yangi tahririga fuqaroning o‘z tasviriga bo‘lgan huquqi himoyasiga doir modda kiritilishi jamiyatda faol muhokamaga sabab bo‘lgan edi. Ayrim OAVlarda ushbu modda davlat xizmatchilarini himoya qilishga qaratilgan degan fikrlar ham aytildi. 

O‘Zbekiston Fuqarolik kodeksiga kiritlayotgan yangi moddada, umumiy qoida tariqasida - har qanday fuqaroning foto yoki video tasviridan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi, deyilgan. 

Ushbu qoidadan istisnolar, ya’ni rozilik talab etilmaydigan holatlar:

1.Tasvirdan davlat yoki jamiyat manfaatlari uchun foydalanilganda:

  • jinoyatchi yoki bedarak yo‘qolganlarni qidirishda;
  • davlat va jamoat arboblari, madaniyat va ilm-fan sohalarining taniqli vakillari suratlarini jamiyat uchun qiziqarli  axborot tarqatish maqsadlarida foydalanganda;
  • davlat xizmatchilarini xizmat vazifalarini bajarish jarayonida tasvirga tushirish va bunday tasvirlardan foydalanish hollari kiradi.

2. Ommaviy tadbirlarda va jamoat joylarida ushbu joylardagi umumiy jarayonlarni aks ettirish maqsadida olingan suratlarda.

  • Masalan: bayramlarni, restoranlardagi tadbirlarni, ko‘chalarda sodir bo‘layotgan voqealarni tasvirlash uchun. 

3. Ushbu fuqaroning huquqlarini himoya qilish maqsadida. Ushbu maqsadda olingan suratlar uchun ham ruxsat talab etilmaydi. Ushbu suratlardan fuqaroning o‘zi ham foydalanishi mumkin bo‘ladi. 

Qanday javobgarlik belgilangan?

Fuqaro suratidan maqsadga nomuvofiq foydalanganda fuqarolik huquqiy xarakterga ega bo‘lgan javobgarlik kelib chiqadi. Ma’muriy yoki jinoiy javbogarlik kelib chiqmaydi. Ya’ni “jabrlangan” fuqarol o‘z tasvirini fotoapparat yoki mobil telefondan o‘chirib tashlashni, OAV yoki reklamadan olib olib tashlashni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Zamon talabi

Huquqshunos fikriga ko‘ra, axbrot kommunikatsiya rivojlangan davrda fuqaro shaxsiy hayotiga doir ma’lumotlarni himoya qilish juda muhim.

“Fuqaroning tasvirini himoya qilish bugungi axborot kommunikatsiya rivojlangan davrda juda muhim. Chunki, ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning tasvirlaridan foydalangan holda ularning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi, oilaviy va shaxsiy sirini oshkor etuvchi ma’lumotlar tarqatish hollari kam emas. Oqibatda, jamiyatda fuqarolar o‘rtasida turli nizolar kelib chiqmoqda”, - deydi huquqshunos.

Madaminov aytishiga ko‘ra, O‘zbekiston bu kabi qonunlar qabul qilishda birinchilardan emas. Shunga o‘shash talablar Yevropa, Rossiya va Qo‘shni Qozog‘iston qonunchiligida ham nazarda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0