Infografika

Oʻzbekistonda mehnat migranti boʻlish osonmi?

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini imzoladi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab tashkillashtirilgan holda xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish – oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlariga tenglashtiriladi hamda ushbu shaxslarga oʻzini oʻzi band qilganlar uchun belgilangan soliqlarni toʻlash hamda pensiya miqdorini hisoblash tartibi qoʻllaniladi.

Xorijga mehnat faoliyatini oshirish maqsadida yuborilayotgan fuqarolar ketishidan oldin majburiy tartibda kasb-hunar va til oʻrgatiladi.  “Ishga marhamat” monomarkazlari, shahar, tuman va mahalla kasb hunarga oʻqitish markazlari ochiladi.

Migratsiyani tashkil qilish boʻyicha yangi choralar haqida batafsil infografikamizda tanishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala