Pandemiya vaqtida o‘zbekistonliklarni RFga ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishMigranti
Migranti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi va uning Novosibirsk, Yekaterinburg, Samara, Ufa viloyatlarida tashkil etilayotgan filiallari va "Rostrud" o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi masalalar yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.

TOShKENT, 18 sen - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida bir qator masalalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazish va kelishuvlarga erishish maqsadida mutasaddi idoralar vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari Rossiyaga jo‘nab ketishgan edi.

Pribitie poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Kelgusi yildan mehnat migrantlari ham soliq to‘laydi – yangi qaror

Tashrif doirasida Rossiyaning Mehnat va bandlik bo‘yicha federal xizmatida O‘zbekiston Bosh vazirining maslahatchisi – Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti mudiri Mexriddin Xayriddinov, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.Muxitdinov, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov, "Rostrud" rahbari Mixail Ivankov va boshqalar ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda qayd etilishicha, pandemiya paytida Rossiyada ishsizlar soni 3,5 millionga yetib, ishsizlik darajasi 4,7 %ni tashkil etmoqda. Ishsizlikni kamaytirish maqsadida bandlik xizmatlari faoliyatini "xizmatlar ko‘rsatish"dan "muammolarni hal qilish" usuliga o‘zgartirish, tegishli yangi standartlar va mehnat qoidalarini joriy etish kabi tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston MDHda mehnat migratsiyasini tartibga solish to‘g‘risidagi hujjatga qo‘shildi

Muzokaralarda O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan pandemiya sharoitida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaga ishlashga jalb qilish uchun Rossiya hukumatining Maxsus komissiyasidan (tezkor shtab) ruxsat olish, mehnat migrantlari huquqlari himoyasini ta’minlash bo‘yicha yuridik firmalar bilan o‘zaro aloqalar o‘rtanish, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi va uning Novosibirsk, Yekaterinburg, Samara, Ufa viloyatlarida yangi tashkil etilayotgan filiallari va "Rostrud" o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mehnat migratsiyasiga oid ikki davlat o‘rtasidagi boshqa masalalar yuzasidan bildirilgan takliflar bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0