Hodisalar

Traktor va yuk mashinasi toʻqnashuvi oqibatida bir ayol va chaqaloq halok boʻldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMilitsiya
Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston
"Hyundai porter" avtomashinasi haydovchisi Toshkent shahri yoʻnalishiga qarab harakatlanib borib, oʻzi bilan bir yoʻnalishda chapga qayrilish uchun toʻxtab turgan "T-28" rusumli traktorning tirkamasiga kelib urilgan

TOSHKENT, 18 sen - Sputnik. Toshkent viloyatida traktor va yuk mashinasi ishtirokidagi YTH sodir boʻldi. Ikki nafar qurbonlar bor, deb xabar qilmoqda IIV Tergov departamenti.

Strashnoye DTP v Tashkentskoy oblasti: chetvero pogibli, dvoye v bolnitse - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Chinozda dahshatli YTH: toʻrt kishi qurbon boʻldi, yana ikki kishi kasalxonada

Xabarga koʻra, hodisa Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan oʻtgan M-39 "Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon-Andijon-Osh" avtomobil yoʻlining 153-kilometrida Angren shahri yoʻnalishida sodir boʻlgan.

"Hyundai porter" avtomashinasi haydovchisi Toshkent shahri yoʻnalishiga qarab harakatlanib borib, oʻzi bilan bir yoʻnalishda chapga qayrilish uchun toʻxtab turgan "T-28" rusumli traktorning tirkamasiga kelib urilgan.

Natijada "Hyundai porter" avtomashinasi haydovchisining ayoli tan jarohatlari olib  xodisa joyida, voyaga yetmagan 5 oylik qizi Oxangaron tuman markaziy shifoxonasining qabul boʻlimiga olib kelingan vaqtda vafot etgan.

DTP v Navoiyskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Yil boshidan buyon oʻlim bilan bogʻliq nechta YTH sodir etildi

Bundan avariyada yuk mashinasi haydovchisining oʻgʻillari 12 yoshli B.B., 10 yoshli U.B. va 7 yoshli X.B.,lar turli darajadagi tan jarohatlari bilan, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʻlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, hozirda jinoyat ishi viloyat IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga olingan.

Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala