Samara - Toshkent parvoziga chiptalar sotish boshlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovXvost samoleta uzbekskix avialiniy
Xvost samoleta uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni damda chorshanba, 23-sentabr kuni amalga oshiriladigan "Samara - Toshkent" parvoziga 352 dollardan aviachipta xarid qilish mumkin.

TOShKENT, 18 sen - Sputnik. Uzbekistan Airways 23-sentabrdan boshlab Samaradan charter parvozlari tashkil qilishni boshladi, deb xabar qilmoqda kompaniya rasmiy sahifasi. 

"O‘zbekiston fuqarolari o‘z Vatanlariga qaytib kelishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi 2020-yil 23-sentabr kuni Samara shahridan Toshkentga amalga oshiriladigan charter qatnoviga erkin sotuv ochilganini ma’lum qiladi" - deyilgan xabarda. 

Kompaniya rasmiy sahifasida keltirilishiga ko‘ra, chipta narxi 352 dollarni tashkil qiladi. Parvozlar jadvali hamda chiptalar narxi bilan batafsil aviakompaniya rasmiy veb-saytida tanishish mumkin. 

Ma’lumot uchun: Parvozga faqat 72 soat oldin PZR tahlili topshirganligi to‘g‘risida ma’lumotnomaga ega bo‘lgan O‘zbekiston respublikasi fuqarolari qo‘yiladi. 

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways 17-sentabrdan boshlab Moskvadan kuniga 2 marotaba aviaparvozlar tashkil qilishni boshlagan edi. Ayni damda chiptalar 397 dollardan erkin savdoda sotilmoqda. Yaqin orada Sankt-Peterburgda ham chiptalar savdosi ochilishi kutilmoqda. 

 

Yangiliklar lentasi
0