Hodisalar

Qashqadaryoda maktab direktori oʻz joniga qasd qildi. U vafotidan oldin xat yozib qoldirgan

© AP Photo / Umida AkhmedovaUzbekskiye militsionerы ryadom s patrulnoy mashinoy
Uzbekskiye militsionerы ryadom s patrulnoy mashinoy - Sputnik Oʻzbekiston
Shuningdek, maʼlumotlarga koʻra, tekshirishda marhumning yaqin qarindoshlari murdani sud-tibbiyot ekspertizasi koʻrigidan oʻtkazmaslik maqsadida yurak hurujidan vafot etgani vaji bilan jasadni koʻmib yuborishganligi aniqlangan

TOSHKENT, 18 sen - Sputnik. Bosh prokuratura matbuot-xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Qashqadaryo viloyatida maktab direktori oʻz joniga qasd qilganligi, vafotidan oldin xat yozib qoldirganligi haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot eʼlon qildi.

Noj v ruke mujchinы - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda pul uchun bir fuqaro oʻldirilib, murdasi burdalab tashlandi - video

Maktubda keltirilishicha, direktor suiqasd oldidan xat yozgan va unda barcha hamkasblaridan korruptsiyaga yoʻl qoʻymaslikni oʻtinib soʻragan.

"Hozirda mazkur holat yuzasidan Kitob tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda", - deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Shuningdek, maʼlumotlarga koʻra, tekshirishda marhumning yaqin qarindoshlari murdani sud-tibbiyot ekspertizasi koʻrigidan oʻtkazmaslik maqsadida yurak hurujidan vafot etgani vaji bilan jasadni koʻmib yuborishganligi aniqlangan.

Hozirda tuman xalq taʼlimi, ichki ishlar boʻlimlari hamda maxalla va oilani qoʻllab-quvvatlash markazi tuman boʻlimining mutasaddi xodimlari harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Tekshirish harakatlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala