Turizm

"Amirsoy" togʻ-changʻi kurorti yanada kengaytiriladi - Hukumat qarori

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOtkrыtiye gornolыjnogo kurorta Amirsoy v Tashkentskoy oblasti
Otkrыtiye gornolыjnogo kurorta Amirsoy v Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Togʻ-changʻi kurorti majmuasini kengaytirishni nazarda tutuvchi loyihaning umumiy qiymati 75 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 19 sen - Sputnik. "Amirsoy" togʻ-changʻi kurortining 2-bosqichini amalga oshirishga doir Hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar qilmoqda Turizm davlat qoʻmitasi matbuot-xizmati.

Toshkent viloyatida 21 dekabr kuni yangi “Amirsoy” togʻ-changʻi kurorti ochildi. - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Oʻzbekiston Kursheveli - Amirsoy ochilishidan yorqin suratlar

"Amirsoy" togʻ-changʻi kurorti majmuasini kengaytirishni nazarda tutuvchi loyihaning umumiy qiymati 75 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda.

Loyiha doirasida: 4 restoran; toʻrt va besh yulduzli mehmonxonalar, ofislar va savdo maydonaridan iborat 500 oʻringa moʻljallangan koʻp qavatli avtoturargoh; osma yoʻllar, togʻ-changʻi koʻtargichlar, shuningdek, 16.8 km uzunlikdagi togʻ-changʻi trassalari; basseynlar barpo etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, loyiha tashabbuskoriga qurilish-montaj ishlari va kelgusida loyihani ekspluatatsiya qilish jarayonida noyob tabiiy obʼyektlar va majmualarni, oʻsimliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlash, shuningdek, faoliyatning atrof muhitga salbiy taʼsirining oldini olish va tabiatni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya qilish boʻyicha masʼuliyat yuklatildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala