Samarqandda 15 nafar "Xizb ut-Taxrir" a’zolari qo‘lga olindi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘lga olingan shaxslarning yashash manzillaridan ekstremistik mazmundagi materiallar protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

TOShKENT, 19 sen - Sputnik. Samarqandda "Xizb ut-Taxrir" terrorchilik tashkiloti a’zolarining jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar qilmoqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.

Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston sharqida diniy ekstremistlar guruhi fosh etildi

"Joriy yilning 18-sentabr kuni DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan “Xizb ut-Taxrir” diniy-ekstremistik tashkilotining Toyloq, Samarqand, Urgut tumanlari va Samarqand shahrida yashovchi 15 nafar a’zolarining faoliyatiga chek qo‘yildi", - deyiladi xabarda.

Qo‘lga olingan shaxslarning yashash manzillaridan ekstremistik mazmundagi materiallar protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda, deb qo‘shimcha qilingan xabarda.

O‘zbekiston Oliy sudining 2016-yil 26-sentabrdagi qaroriga asosan "Xizb ut-Taxrir" diniy-ekstremistik tashkiloti faoliyati O‘zbekiston Respublikasi hududida ta’qiqlangan tashkilotlar ro‘yhatiga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0