“Lokomotiv” Jasur Jaloliddinovni RPL ro‘yxatidan chiqardi

Obuna bo‘lish
Klub Jasur Jaloliddinovni 28-avgustda Premyer Liga uchun ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. Biroq jamoa 19-sentabr kuni Jasurni RPL ro‘yxatidan chiqardi.

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Moskvaning “Lokomotiv” o‘zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinovni RPL qaydnomasidan chiqardi.

Oston Urunov - Sputnik O‘zbekiston
Oston O‘runov debut golini urgan o‘yinda “Spartak” yirik hisobda g‘alaba qozondi

Klub Jasur Jaloliddinovni 28-avgustda Premyer Liga uchun ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. Biroq jamoa 19-sentabr kuni Jasurni RPL ro‘yxatidan chiqardi va uning o‘rniga chernogoriyalik Luka Jorjivichni ro‘yxatdan o‘tkazdi.

OAV xabariga ko‘ra, “Lokomotiv” Jalolidinovni tez orada boshqa jamoaga ijaraga berib yuborishi mumkin. 

19 yoshli yarim himoyachi yozda “Bunyodkor”dan “Lokomotiv” klubiga transfer qilingan edi. Jasur klubi safida mashg‘ulotlarda ishtirok etgan bo‘lsa-da, hali debutini o‘tkazmagan edi.

Yangiliklar lentasi
0