Jamiyat

Muddatidan oldin harbiy unvon va prezident soati: ArMI – 2020 gʻoliblari taqdirlandi

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaChasы ot prezidenta i zvaniye: V Uzbekistane nagradili pobediteley ArMI-2020
Chasы ot prezidenta i zvaniye: V Uzbekistane nagradili pobediteley ArMI-2020  - Sputnik Oʻzbekiston
Xususan, Xalqaro armiya oʻyinlarining gʻoliblariga Oʻzbekiston prezidenti nomidan qoʻl soatlari topshirildi.

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Kecha, 19-sentabr kuni Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida “ArMI – 2020” Xalqaro armiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlarini taqdirlashga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Unda Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov, harbiy okruglar qoʻmondonlari, davlat va jamoat tashkiloti vakillari hamda Oʻzbekiston nufuzini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilgan harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Qurbonov “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining ArMI – 2020 Xalqaro armiya oʻyinlaridagi ishtiroki yakunlari va gʻoliblariga qimmatbaho sovgʻalarni topshirish toʻgʻrisida”gi prezident qarorini oʻqib eshittirib, erishilgan yutuqlar bilan barchani muborakbod etdi.

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaChasы ot prezidenta i zvaniye: V Uzbekistane nagradili pobediteley ArMI-2020
Muddatidan oldin harbiy unvon va prezident soati: ArMI – 2020 gʻoliblari taqdirlandi - Sputnik Oʻzbekiston
Chasы ot prezidenta i zvaniye: V Uzbekistane nagradili pobediteley ArMI-2020

Tadbirda mudofaa vaziri bir guruh harbiy xizmatchilarni muddatdan oldin harbiy unvon va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirladi. Xususan, Xalqaro armiya oʻyinlarining gʻoliblariga Oʻzbekiston prezidenti nomidan qoʻl soatlari topshirildi.

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaChasы ot prezidenta i zvaniye: V Uzbekistane nagradili pobediteley ArMI-2020
Muddatidan oldin harbiy unvon va prezident soati: ArMI – 2020 gʻoliblari taqdirlandi - Sputnik Oʻzbekiston
Chasы ot prezidenta i zvaniye: V Uzbekistane nagradili pobediteley ArMI-2020

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 23 avgustidan 5 sentyabrigacha davom etgan “ArMI – 2020”da 30 dan ortiq davlatning 156 jamoasi qatorida Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari 16 yoʻnalish musobaqalarida faol ishtirok etdi. Ular 32 mamlakat harbiylari oʻrtasida jami 16 yoʻnalishda – 3 ta birinchi, 8 ta ikkinchi, 3 ta uchinchi oʻrinni egallab, umumjamoa hisobida 3-oʻrinni egalladi. Shu bilan birga, ular qator yoʻnalishlarda rekord natijalarni qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala