Dunyoda

Putin Rossiya nega gipertovushli qurol yaratishga majbur boʻlganini aytdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishRabochaya vstrecha prezidenta RF V. Putina s sovetnikom po nauke OAO "VPK "NPO mashinostroyeniya" G. Yefremovыm
Rabochaya vstrecha prezidenta RF V. Putina s sovetnikom po nauke OAO VPK NPO mashinostroyeniya G. Yefremovыm - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning gipertovushli qurol yaratish sabablarini maʼlum qildi. Bunga AQShning raketaga qarshi mudofaa boʻyicha shartnomadan chiqib ketishi turtki boʻlgan.

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning gipertovushli qurol yaratish sabablarini maʼlum qildi. Bu haqda u “VPK “NPO mashinostroyeniya” OAJ faxriy bosh quruvchisi, bosh direktori Gerbert Yefremov bilan videokonferentsiya vaqtida maʼlum qildi.

Putinning soʻzlariga koʻra, AQSH raketaga qarshi mudofaa boʻyicha shartnomadan chiqib ketganidan soʻng Moskva ushbu qurolni yaratishga majbur boʻlgan.

“Amerika Qoʻshma Shtatlarining 2002 yilda Raketaga qarshi mudofaa boʻyicha shartnomadan chiqishi Rossiyani gipertovushli qurol ishlab chiqarishga kirishishga majbur qildi. Kelgusida butun yadro potentsialimizni amalda yoʻq qilish xususiyatiga ega boʻlishi mumkin boʻlgan AQShning Raketaga qarshi mudofaa strategik tizimini kengaytirishiga javoban bu qurolni yaratishimiz shart edi”, - dedi Putin.

Putin hozir Rossiya ilk bor eng yangi tarixda eng zamonaviy qurol turlariga ega ekanligini taʼkidladi. Hozirda bunday qurol hech kimda yoʻq.

© Ministerstvo oboronы RFRaketnыy kompleks "Avangard"
Putin Rossiya nega gipertovushli qurol yaratishga majbur boʻlganini aytdi - Sputnik Oʻzbekiston
Raketnыy kompleks "Avangard"

“Oʻnlab yillar davomida biz doim quvuvchi rolida boʻlishimizga toʻgʻri keldi, siz buni yaxshi bilasiz. Bu atom, yadro qurollari, soʻngra strategik aviatsiya, undan keyin qitʼalararo raketa texnikasi sohalarida. Mana endi, yangi tariximizda ilk bor Rossiya eng zamonaviy qurol turlariga ega, ular bugungi kunda mavjud barcha qurollardan kuchi, tezligi, aniqligi boʻyicha bir necha baravar ustun, bunday qurol hech kimda yoʻq, har holda, hozircha yoʻq", - dedi u.

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishGerbert Yefremov — pochetnыy generalnыy direktor, pochetnыy generalnыy konstruktor NPO Mashinostroyeniya, sovetnik glavы korporatsii po nauke
Putin Rossiya nega gipertovushli qurol yaratishga majbur boʻlganini aytdi - Sputnik Oʻzbekiston
Gerbert Yefremov — pochetnыy generalnыy direktor, pochetnыy generalnыy konstruktor NPO Mashinostroyeniya, sovetnik glavы korporatsii po nauke

Rossiya yetakchisi suhbat davomida “Avangard” gipertovushli majmuasini aynan Gerbert Yefremov yaratganini maʼlum qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala