Hodisalar

Toshkentda qiz yigiti uylanish vaʼdasida turmagani uchun uning avtomobilini yoqib yubordi

© GUVD g. TashkentaV Tashkente devushka sojgla Jentra svoyego parnya
V Tashkente devushka sojgla Jentra svoyego parnya - Sputnik Oʻzbekiston
Yigit keyinchalik qizga uylanishini vaʼda qilgan, ammo vaʼdasida turmagan. Umidsizlikda qolgan qiz yigitning “Jentra” avtomobiliga benzin sepib, yoqib yuborgan

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Toshkentda fuqaroning avtomobilini yoqib yuborgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Maʼlum boʻlishicha, 19 sentyabr kuni soat Uchtepa tumani IIO FMB navbatchilik qismiga 19 yoshli Sitora G. 23 yoshli Asilbek N.ga tegishli boʻlgan "Jentra" rusumli avtomobilni yoqib yuborgani haqidagi xabar kelib tushgan.

Tergovoldi tekshiruvlari davomida aniqlanishicha, vaqtinchalik Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi Sitora G. va jabrlanuvchi oʻrtasida maʼlum vaqt muhabbat boʻlgan.

© GUVD g. TashkentaV Tashkente devushka sojgla Jentra svoyego parnya
Toshkentda qiz yigiti uylanish vaʼdasida turmagani uchun uning avtomobilini yoqib yubordi - Sputnik Oʻzbekiston
V Tashkente devushka sojgla Jentra svoyego parnya

Asilbek keyinchalik Sitoraga uylanishini vaʼda qilgan, ammo vaʼdasida turmagan. Umidsizlikda qolgan qiz yigitning avtomobiliga ichidan va tashqarisidan benzin quyib, yoqib yuborgan.

Hodisa tafsilotlari oʻrganilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala