Dunyoda

Bir nechta mamlakat fuqarolari uchun Rossiyaga kirish taqiqi bekor qilindi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishPassajirы v aeroportu Domodedovo imeni M. V. Lomonosova
Passajirы v aeroportu Domodedovo imeni M. V. Lomonosova - Sputnik Oʻzbekiston
Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Janubiy Koreya fuqarolari Rossiyaga havo oʻtkazish punktlari orqali kirishlari mumkin.

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Rossiya Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Janubiy Koreya bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklamoqda. Tegishli qarorga Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin imzo chekdi.

Yuqorida koʻrsatilgan davlatlar fuqarolari Rossiyaga havo oʻtkazish punktlari orqali kirishlari mumkin, rossiyaliklar, oʻz navbatida, ushbu mamlakatlarga parvoz qilishlari mumkin.

Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston 1 oktyabrdan oʻz chegaralarini toʻliq ochmoqda

Rossiya hukumati saytida yozilishicha, reyslar haftasiga bir marta amalga oshiriladi. Samolyotlar Nur-Sulton (Qozogʻiston), Bishkek (Qirgʻiziston), Minsk (Belarus) shaharlariga parvoz qiladi.

Janubiy Koreya bilan aviaqatnov esa 27 sentyabrdan qayta tiklanadi.

Shuningdek, Rossiya xalqaro aviaqatnovlar tiklanishi munosabati bilan chet eldan fuqarolarini charter reyslarda olib kelish dasturini toʻxtatib qoʻyadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Janubiy Koreya bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklashga qaror qilgani haqida xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala