Video

Xitoylik baliqlarga futbol oʻynashni oʻrgatdi – gʻaroyib oʻyin kadrlari

Tszeyan shahrida istiqomat qiluvchi Yan Tyansin karantin sharoitida vaqt oʻtkazishning ajoyib usulini topdi. U oʻzining oltin baliqchalariga futbol oʻynashni oʻrgatdi.

U akvariumni futbol maydonchasi koʻrinishida jihozladi va “oltin jamoaga” oʻyin qoidalarini tushuntirdi.

“Avvaliga men ular oʻynashlarini kutmagan edim. Ular bilan ishlab, ularga bu qiziq ekanini angladim. Ular “toʻp surishni” istashadi”, - deya fikrlari bilan oʻrtoqlashadi Yan Tyansin.

Yaxshi oʻyin uchun “oltin futbolchilar” ragʻbatlantiriladi: har bir goldan soʻng ular oziqlantiriladi va bu ularni gʻalaba qozonish va koʻproq gol urishga undaydi.

“Oltin” jamoa murabbiyi oʻzining muvafaqqiyatlari bilan TikTok᾽da oʻrtoqlashadi. Baliqchalar allaqachon koʻplab muxlislariga ega.

Kelajakda Tyansin “baliqlar jamoasi” oʻrtasida bahs uyushtirishni rejalashtirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala