Hodisalar

Toshkentda fuqaro tungi klub oldida 4 kishini pichoqladi

Janjal vaqtida pichoqlangan 2 nafar shaxs vafot etgan, qolgan 2 nafarini hayoti saqlab qolingan. Qotillikda gumon qilingan shaxs qoʻlga olingan.

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unda Toshkent shahar, Yunusobod tumanida qotillik sodir etilganligi aytilgan edi.

Aniqlanishicha, 2020 yil 20 sentyabr kuni soat 06.00 larda Yunusobod tumani, A.Temur koʻchasida joylashgan tungi klubidan chiqqan shaxslar koʻchada turgan boshqa bir guruh shaxslar bilan oʻzaro janjallashgan.

Draka - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentning Olmazor tumanida yosh yigit oʻz tanishini pichoqlab qoʻydi

Janjal vaqtida fuqaro S.X. yonida boʻlgan pichoq bilan 4 nafar shaxsga bir necha martotaba tan-jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Oqibatda 2 nafar shaxs vafot etgan, qolgan 2 nafarini hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi S.X.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “a, l” bandlari, 25,97-moddasi 2-qismi “a, l” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatgan. S.X. protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala