Tun davomida eng ko‘p Namanganda koronavirus bilan kasallanish aniqlandi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishKoronavirus
Koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan tun davomida yana 149 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yildi. Ularning 91 nafari Namangan viloyatidan.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. O‘zbekistonda tun davomida yana 149 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 51 798 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Alleya na Gange - Sputnik O‘zbekiston
Oqilov bolalar orasida ham koronavirus bilan kasallanish ko‘payotganini ma’lum qildi

Yangi kasallanganlarning 91 nafari Namangan viloyati, 20 nafari Andijon viloyati, 11 nafari Toshkent viloyati, 8 nafari Qoraqalpog‘iston, yana 8 nafari  Buxoro viloyati, 7 nafari Navoiy va 4 nafari Farg‘ona viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli Z.Ch. (ayol) hamda Shayhontohur  tumanida yashagan 46 yoshli H.I. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 435 nafarni tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar 47 932 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3422 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 557 nafari og‘ir, 245 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0