"Layk" uchun: Uralda biznesmenning o‘g‘li “Neksiya”ni metallomga aylantirdi - video

© Commons.wikimedia / Milhouse35Avtomobil Daewoo Nexia
Avtomobil Daewoo Nexia - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nima xohlasam shuni qilaman - yoki "layk" uchun hamma narsa mumkinmi? Uralda biznesmenniy o‘g‘li uning haydovchisini mashinasini pachoqlab tashladi.

TOShKENT, 21 sen - Sputnik. Rossiyaning Ural o‘lkasida traktor bilan neksiyani pachoqlash holati aks etgan video internetda keng tarqaldi, "KP" nashriga asosan.  

Sverdlovsk viloyati Kalinovo posolkasida olingan videoda mahalliy biznesmenning Dmitriy ismli o‘g‘li traktor bilan "Nexia 2" avtomobilini pachoqlab bir uyum metallomga aylantirib tashlagani aks etgan. 

Jurnalistlar voqea sababini bilish maqsadida Dmitriy bilan bog‘lanishganda u - Moshina meniki, nima xohlasam shuni qilaman, deb javob qaytargan. Shuningdek voqea sodir bo‘lganda u mast bo‘lmaganini aytgan. 

Shundan so‘ng jurnalistlar uning otasi, biznesmen Eduard Odnoralenko bilan bog‘lanishgan. Ma’lum bo‘lishicha pachoqlangan avtomobil uning Nikolay ismli haydovchisiga tegishli bo‘lgan.  

- Nima ham derdim... Ikki ahmoq! Bittasi yosh ikkinchisi kattaroq. Shunday yo‘l bilan "layk" to‘plamoqchi bo‘lishibdi", - deb javob qaytargan Odnoralenko.

Biznesmen aytishiga ko‘ra, "Nexia" egasi va uning o‘g‘li orasida hech qanday mojaro bo‘lmagan. Ushbu moshinani Nikolay o‘tgan yili sotib olgan.

Yangiliklar lentasi
0