Hammayoq tanish-bilish: Mehnat kodeksida qanday qarindoshlar birga ishlashi ta’qiqlangan?

© Sputnik / © Sputnik / Aleksey DanichevMujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto
Mujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat korhonalarida aka-uka, ota-ona, quda-anda va boshqa yaqin qarindoshlar bir-birining qo‘l ostida ishlashi ta’qiqlandi - Mehnat kodeksidan eslatma.

TOShKENT, 21 sen - Sputnik. Davlat korxonalarida yaqin qarindoshlar bevosida birga ishlashi ta’qiqlanadi, deb eslatib qo‘ydi Adliya vazirligining Huquqiy Axborot telegram kanali. 

Xususan, O‘zbekiston Mehnat kodeksida qo‘yidagi modda bor:

79-modda. Qarindosh-urug‘larning davlat korxonasida birga xizmat qilishlarini cheklash
O‘zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‘lgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo‘lsa, bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanadi.

Mehnat kodeksi ilovasida quyidagi holatlar ushbu qoidadan istisono bo‘lishi alohida aytib o‘tilgan: 

1. Xorijdagi diplomatik xizmat xodimlari.
2. Davlat qishloq xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari xodimlari;
3. Temir yo‘l transportining liniya korxonalari, yo‘l, qurilish-montaj va boshqa xodimlari;
4. Aloqadan foydalanish korxonalari va tashkilotlari xodimlari;
5. Sog‘liqni saqlash tizimi shifokorlari, o‘qituvchilar, kutubxonachilar;
7. Teatr badiiy jamoalari, artistlar, rassomlar va musiqachilar;

Batafsil ma’lmuot bilan O‘zbekiston Mehnat kodeksi va uning istisinolar ro‘yxatida tanishishingiz mumkin. 

 

Yangiliklar lentasi
0