Jamiyat

Oʻzbekiston COVID-19 ga qarshi Rossiya vaktsinasi sinovida ishtirok etishga qiziqish bildirdi

© Press-slujba Rospotrebnadzora / Fotobankka oʻtishVaktsina ot koronavirusa "EpiVakKorona"
Vaktsina ot koronavirusa EpiVakKorona - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya va Oʻzbekiston kiritilgan cheklovlarni bekor qilish shartlari hamda “Vektor” virusologiya va biotexnologiya davlat ilmiy markazi” tomonidan yaratilayotgan “EpiVakKorona” Rossiya vaktsinasi sinovlarini muhokama qildi.

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Oʻzbekiston “Vektor” markazi tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaktsina sinovlarida ishtirok etishga qiziqish bildirdi. Bu haqda Rospotrebnadzor saytida xabar qilindi.

Vaktsina protiv novoy koronavirusnoy infektsii vpervыe v mire zaregistrirovana v Rossii 11 avgusta - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
JSST koronavirusga qarshi vaktsina uchun Rossiyaga minnatdorchilik bildirdi

Rospotrebnadzor videokonferentsiya tarzida Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan uchrashuv oʻtkazgan. Uchrashuvda yangi koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish, jumladan, COVID-19 ning oldini olish uchun vaktsina yaratish masalalari muhokama qilingan.

Tomonlar uchrashuv chogʻida Rossiya va Oʻzbekistondagi epidemiologik vaziyat, kiritilgan cheklovlarni bekor qilish shartlari hamda “Vektor” virusologiya va biotexnologiya davlat ilmiy markazi” tomonidan yaratilayotgan “EpiVakKorona” Rossiya vaktsinasining sinovlarini muhokama qilgan.

“Oʻzbekiston tomoni vaktsina roʻyxatga olingan keyin uni qoʻllashga oid qoʻshma tadqiqotlarda ishtirok etishga qiziqish bildirdi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev Oʻzbekiston koronavirusga qarshi Rossiya vaktsinasini xarid qilish imkoniyatini oʻrganib chiqayotganini maʼlum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala