O‘zbekiston fuqaroligini olish onlayn-rejimga o‘tkaziladi

© Sputnik / Aleksey TixomirovUzbekskiy pasport
Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish, undan chiqish to‘g‘risidagi arizalar real vaqt rejimida “E-Fuqaro” orqali qabul qilinadi.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Vazirlar mahkamasi 16-sentabr kuni O‘zbekiston fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi. Bu haqda “Norma” xabar qilmoqda.

Hujjatga ko‘ra, IIV, TIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi hamda DXX “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi majmuasini modernizatsiya qildi. “E-Fuqaro” O‘zbekiston fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma’lumotlar bazasini joriy etdi.

Vibori prezidenta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda fuqarolik to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi – nimalar o‘zgarmoqda

U tegishli davlat organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash, hujjatlarni va ma’lumotlarni kiritish, hisobga olish hamda monitoring qilish maqsadida shakllantirilgan.

O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish, undan chiqish to‘g‘risidagi arizalar real vaqt rejimida “E-Fuqaro” orqali qabul qilinadi.

2021 yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston hududida fuqarolik masalalari bo‘yicha murojaatlarni YaIDXP orqali berish mexanizmi joriy etiladi. Xorijda doimiy istiqomat qilayotgan shaxslar esa TIV saytida joylashtirilgan interaktiv konsullik xizmati orqali keyinchalik shaxsan kelib murojaat qilish shartini inobatga olgan holda murojaat qilishlari mumkin.

Qaror ilovasida keltirilishicha, O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish va undan chiqish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish muddati to‘rt bosqichdan iborat. Bu jarayonlarga 45 kun sarflanadi. “E-Fuqaro” bazasi 2020-yil oktabr oyida ishga tushiriladi.

Yangiliklar lentasi
0