Madaniyat

Oʻzbekistonda film olayotgan xorijiy kinokompaniyalarga 300 ming $ gacha xarajat qoplanadi

CC0 / pixabay.com / Sʼyemka
Sʼyemka  - Sputnik Oʻzbekiston
Xorijiy kinokompaniyalarga Oʻzbekistonda amalga oshirgan xarajatlarining 20 foizi (biroq 300 ming dollardan oshmagan miqdorda) qaytariladi.

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Hukumat qarori bilan Oʻzbekiston hududida oʻz filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarining bir qismini qaytarish (“rebate”) tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, xorijiy kinokompaniyalarga respublika hududida amalga oshirgan xarajatlarining 20 foizi (biroq 300 ming AQSH dollaridan oshmagan miqdorda) Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qaytariladi.

Bunda, xorijiy kinokompaniya respublika hududida filmlarni suratga olish uchun “Oʻzbekkino” Milliy agentligidan ruxsatnoma oladi hamda hamkorlik boʻyicha Memorandum imzolanadi.

Kadr iz filma Ob etom govorit vsya maxallya - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Tretyakov galereyasida "Oʻzbekfilm" durdonalari namoyish etilmoqda

Xorijiy kinokompaniya respublika hududida filmlarni suratga olish uchun Oʻzbekistondagi tijorat banklarida maxsus hisob raqami ochadi va xarajatlarni shu orqali amalga oshiradi.

Ruxsatnoma muddati yakunlangandan soʻng filmni suratga olish ishlari yakunlangan hisoblanadi.

Xarajatlarni qaytarish uchun tegishli hujjatlar Moliya vazirligiga taqdim etiladi va vazirlik tomonidan 10 kun muddatda qaror qabul qilinadi.

Agentlik xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlar qismini qaytarishni muvofiqlashtiruvchi masʼul davlat organi hisoblanadi.

Davlat byudjetidan mablagʻ ajratilgan xorijiy kinokompaniyalar roʻyxati Agentlik veb-saytiga joylashtiriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala