AQSh mag‘lubiyati xavfi. Vashington Tehronga qarshi nega yana sanksiya kiritdi

© AFP / PATRICK SEMANSKYGossekretar SShA Mayk Pompeo
Gossekretar SShA Mayk Pompeo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shtatlar Eronga qarshi sanksiyalarni to‘liq qayta tikladi. Davlat departementi buni Tehron go‘yoki “yadroviy bitim” shartlarini bajarmayotganligi bilan tushuntirdi.

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Galiya Ibragimova. Amerika Qo‘shma Shtatlari Eronga qarshi sanksiyalarni to‘liq qayta tikladi. Davlat departementi buni Tehron go‘yoki “yadroviy bitim” shartlarini bajarmayotganligi bilan tushuntirdi. BMT va Yevropa Ittifoqi amerikaliklar vajini ishonarsiz deb hisoblab, Vashingtongning fikriga qo‘shilishdan bosh tortdi. Oq uy nimaga erishmoqchi va xalqaro hamjamiyatning pozitsiyasi qanday – RIA Novosti o‘rgandi.

Jenshina idet vdol steni zdaniya bivshego posolstva SShA v Tegerane. - Sputnik O‘zbekiston
Eronga qarshi sanksiyalar: AQSh fikri. Noto‘g‘ri fikri

Bir tomonlama bosim

“BMT Xavfsizlik kengashi Eronga qurol yetkazib berish embargosini uzaytirmadi. Biroq AQSh jim turmadi va sanksiyalarni qaytardi. Endi ular nafaqat Tehron, balki barcha embargo buzuvchilariga ham qarshi”, - dedi Mayk Pompeo va YeI Vashingtonni qo‘llash-quvvatlashga chaqirdi.

Ammo munosabat qarama-qarshi bo‘lib chiqdi. Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya (yevrouchlik) tashqi siyosiy idoralari rahbarlari Oq uy harakatlarini qoralovchi qo‘shma bayonot e’lon qilishdi.

“AQSh Eron dasturiga oid Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar rejasidan (SVPD) 2018-yil 8-may kuni chiqqan va endi “bitim” ishtirokchisi sanalmaydi. Shu bois Vashingtonning har qanday qarori yuridik kuchga ega emas”, - deya ta’kidlashdi “yevrouchlik” vazirlari.

Parij, Berlin va London, aksincha, sanksiyalarni yengillashtirishda davom etmoqda. Vazirlar Erondan cheklovlarni olib tashlash 2231 BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasida ko‘zda tutilganini eslab o‘tishdi. Ushbu hujjat 2015-yilda kelishilgan “yadroviy bitim”ni rasman tasdiqlagan.

“Biz doimo uni saqlab qolish tarafdori bo‘lganmiz va buni davom ettiramiz”, - deya ta’kidlashdi yevropaliklar.

Yevropa va’dalari

Donald Tramp ikki yil avval Tehron go‘yoki maxfiy ravishda yadroviy dasturni rivojlantirayotgani ro‘kach qilib, “bitim”dan chiqqan edi. Hech qanda dalil keltirmadi, lekin sanksiyalarni qaytarishni talab qildi.

Rossiya, Xitoy va yevropaliklar buni qoralashdi va hujjat AQShsiz ham amal qilishini ta’kidlashdi.  Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya hatto kompaniyalarga Eron bilan hamkorlik qilishga imkon beruvchi maxsus qonun qabul qildi.  Biznes AQSh bosimidan xavfsiramasligi uchun INSTEX alohida moliyaviy mexanizmini ishlab chiqishdi.

Begun peresekayet ploshad pered Kapitoliyem SShA, proxodya mimo flagov, okrujayushix monument Vashingtonu v Vashingtone. - Sputnik O‘zbekiston
AQSh nima sababdan Eronga pandemiyada yordam berilishiga qarshi

To‘g‘ri, samarasi cheklangan bo‘lib chiqdi. Kompaniyalar baribir Eron bozorni tark etishdi, va Eron Islom Respublikasi iqtisodiyoti keskin o‘tirib qoldi. Pekin Amerika sanksiyalarini qoralaganiga qaramasdan, hatto xitoyliklar Tehron bilan hamkorlikni to‘xtatib qo‘yishdi.

Eron hukumati yevropaliklar Vashingtonni biznesni ta’qib etmaslika ishontirishiga umid qilib, kutish pozitsiyasini egalladi. Lekin mamlakatdan xorijlik kompaniyalar ketishi, Vashington yumshashiga bo‘lgan umidlar tugashi bilan Tehron yadroviy dastur cheklovlarini oldi.

Rasmiyat nuqtayi nazaridan SVPD amal qiladi, lekin “bitim” ishtirokchilarining o‘zoro aylovlari unga bo‘lgan ishonchni so‘ndiradi. Tehronning hujjat shartlariga rioya qilishdan bosh tortishini Vashington “Oyatulloh rejimi”ga (Amerika OAVlari Eron siyosiy tizimini shunday deb atashadi) yangi hujumda asosiy dalil sifatida ishlatmoqda.

“Embargo bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmasin”

Amerikaliklar eng ko‘p 18-oktabr kuni Tehrondan qurol embargosi olib tashlanishidan hadiksirashmoqda. Bu qo‘rquvlarni Eron qo‘shnilari alanga oldirmoqda.

Isroil, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Quvayt taqiqlar bekor qilingandan keyin Islom Respublikasi Rossiya va Xitoydan havo hujumiga qarshi vositalar va zamonaviy qiruvchi samolyotlar xarid qilishini aytishmoqda.  Bu Eronni mustahkamlaydi va mintaqadagi vaziyatni qiyinlashtiradi. Bunday ssenariyga yo‘l qo‘ymaslik uchun Tehron dushmanlari AQSh orqali harakat qilmoqda.

Avgustda amerikaliklar BMT Xavfsizlik kengashiga qurol embargosi to‘g‘risidagi rezolyutsiyani taqdim etishdi va buni Tehron Livan va Suriyada “Hizbulloh” hamda bir necha marta mahalliy harbiylar bilan to‘qnashuvni yuzaga keltirgan Iroqdagi shia jangarilarini qurollantirayotgani bilan asosladi.

Prezident Islamskoy Respubliki Iran Xasan Ruxani - Sputnik O‘zbekiston
Ruhoniy: Yaponiya Eronga amerika sanksiyalarini “parchalash” usulini taklif qildi

Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya amerikaliklarning tashvishiga sherik, lekin ularning taklifini qo‘llab-quvvatlashmadi. Rossiya va Xitoy AQShning bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlariga to‘sqinlik qilishini anglatdi. O‘z navbatida, Eron ma’lum qildi: bunday rezolyutsiya “yadro bitimiga” uzil-kesil nuqta qo‘yadi.

BMT Xavfsizlik kengashi Amerika loyihasini rad etdi. Lekin bir hafta o‘tib Davlat departamenti go‘yoki Eron tomonidan SVPD majburiyatlari buzilgagini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etdi. Bu yerda gap Eron belgilangan 300 kilogramm normadan yuqori boyitilgan uran jamg‘argani haqida bormoqda.

Mayk Pompeo Vashington sanksiyalarni to‘liq ravishda qayta tiklashini xohlashini yashirmadi. BMT Xavfsizli kengashida eslatishdi: AQSh “bitim”ga rioya qilish to‘g‘risida fikr yurita olmaydi, chunki undan chiqib ketgan. Amerikaliklar avvalgidek 2231 rezolyutsiyasini tasdiqlaganlar orasida borliklarini aytib javob qaytarishdi. Shunga ko‘ra sanksiya kiritish huquqini saqlab qolishgan.

Va deyishdi: SVPDga ko‘ra, agar Eron ustidan kelib tushgan ariza bo‘yicha 30 kun o‘tib chora ko‘rilmasa, sanksiyalar qayta tiklanadi. Muhlat 20-sentabr kuni o‘z yakuniga yetdi.

Kutish diplomatiyasi

“BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Xavfsizlik kengashda konsensus yo‘qligini dalil qilib ko‘rsatib, Eronga qarshi sanksiyalarning qayta tiklashiga qarshi chiqdi. Amerika qarorini MAGATE rad etdi, Yevropada keskin tanqid qilindi. Vashington haqoratomuz ahvolga tushib qoldi”, - deya hisoblaydi MGIMO katta ilmiy xodimi Andrey Bakliskiy.

Ispitatelniy zapusk raketi Trident II D5 s podvodnoy lodki Nebraska u poberejya Kalifornii - Sputnik O‘zbekiston
AQSh yadro qurolini Yevropadan olib chiqishni rad etdi

Shu bilan birga ekspert Amerika sanksiyalari xorijiy biznesni hamon qo‘rqitishini istisno qilmaydi. Agar oktabrda qurol embargosi bekor qilinsa, hamma kompaniya ham Eron bilan savdo-sotiq qilishni istamaydi. AQSh bosimi ostiga tushish xavfi ustun keladi. Lekin shunday bo‘lganda ham Vashington harakatlari haddan ziyod bo‘lib ko‘rinadi.

“Yevropa qonunchiligi quro embargosini 2023-yilgacha nazarda tutadi. Shuning uchun xalqaro taqiqlar olinsa ham, YeI bu sohada Eron bilan hamkorlik qila olmaydi. Rossiya va Xitoy bilan vaziyat yanada qiziqarliroq. Eronga qurol sota olishi mumkin bo‘lgan bu mamlakatlar kompaniyalari allaqachon sanksiyalar ostida. Embargo olib tashlangan so‘ng Tehron bilan dabdabali bitim tuzishga ularga hech narsa xalaqit bermaydi. Bu qurol Eronga darhaqiqat darhol yetib kelishini anglatmaydi, lekin AQShning ma’naviy mag‘lubiyati ayon”, - deydi Bakliskiy.

Rabota IT- spetsialista za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
Kiberhujumlarning 75 % AQSh tomonidan nazorat qilinadi - Xavfsizlik Kengashi

AQShda istiqomat qiluvchi xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassis Rafael Sattarov Tehron AQShning bir tomonlama sanksiyalariga bosiq munosabat bildirganiga e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron hukumati Amerikada prezident saylovlariga qadar vaziyatni keskinlashtirishni istamayapti.

“Islom Respublikasi AQShga nisbatan har qanday keskin bayonot faqat zarar keltirishini anglaydi. Tramp darhol Eron bilan navbatdagi inqirozni o‘z foydasiga qaratadi va bosimni kuchaytiradi. Qolaversa, hozir Yevropa, Rossiya, Xitoy, BMT – Eron tarafida. Dahanaki jangdan ma’no yo‘q. Bir tomonlama sanksiyalar emas xalqaro tan olingan qonuniy kuchga ega emas”, - deya hisoblaydi Sattarov.

So‘rovda ishtirok etgan ekspertlar agar Jo Bayden AQshning keyingi prezidenti bo‘lsa, amerikaliklar SVPDga qaytishlari mumkinligi haqidagi fikrga kelishdi. Lekin Tramp prezidentligi davrida Eron atrofidagi vaziyat o‘zgardi. Shuning uchun “bitimga” qaytish tartibi oson bo‘lmaydi.

Yangiliklar lentasi
0