Andijon va Orenburg viloyatlari o‘rtasida migratsiya sohasida bitim imzolandi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishInostrannie grajdane proxodat elektronnoe testirovanie na znanie russkogo yazika
Inostrannie grajdane proxodat elektronnoe testirovanie na znanie russkogo yazika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Orenburg viloyati mehnat bozori bilan o‘zaro aloqalarni kengaytirish, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni rivojlantirish borasida amaliy chora-tadbirlarni jadallashtirish rejalashtirilmoqda

TOShKENT, 22 sen - Sputnik. Andijon va Orenburg viloyatlari o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi, deb xabar bermoqda Tashqi migratsiya agentligi matbuot-xizmati.

Mehnat migratsiya tizimini tashkil qilish choralari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda mehnat migranti bo‘lish osonmi?

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi mehnat migratsiyasi sohasida bir qator masalalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazish va aniq kelishuvlarga erishish maqsadida delegatsiya Rossiyada bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida Orenburg va Andijon viloyatlari hokimliklari mutasaddilari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda Orenburg viloyati mehnat bozori bilan o‘zaro aloqalarni kengaytirish, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni rivojlantirish borasida amaliy chora-tadbirlarni jadallashtirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Tadbirlar yakunida Andijon viloyati va Orenburg viloyati Mehnat va aholini ish bilan ta’minlash vazirligi o‘rtasida bandlik va mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

Migranti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya bir milliondan ortiq o‘zbekistonlik migrantni amnistiya qilishi mumkin

Shuningdek, Orenburg viloyati o‘zbek diasporalari vakillari va talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda ishtirokchilarga prezidentimizning joriy yil 15-sentabrdagi "Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarning mehnat migrantlari uchun yaratilayotgan sharoitlar, Rossiya Federatsiyasi bilan chegaralarning ochilishi, patent olish qoidalari, charter reyslar narxlarining pasayishi haqidagi savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob qaytarildi.

Yangiliklar lentasi
0