Siyosat

Lavrov ODKB nomidan BMT Bosh Assambleyasida chiqish qildi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishGlava MID RF Sergey Lavrov
Glava MID RF Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston
RF TIV rahbarining taʼkidlashicha hozirda, "qoidalarga asoslangan dunyo tartiboti" singari kontseptsiya va standartlarni kuch bilan oʻtkazish, bir vaqtning oʻzida davlatlarning ichki ishlariga aralashishga urinish holatlari koʻrinish bermoqda.

TOSHKENT, 22 sen - Sputnik. Dunyo ajratuvchi chiziqlardan toliqdi, qurolli mojarolar, xalqaro jinoyatchilik va yangi chaqiriqlar har tomonlama koʻmak va hamkorlikni kuchaytirishni talab qilmoqda, deb bayonot qildi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov BMT Bosh Assambleyasi oliy haftaligida KXSHT (ODKB) nomidan qilgan videomurojaatida.

Generalnaya assambleya OON prinyala rezolyutsiyu, razrabotannuyu Uzbekistanom - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida ishtirok etadi

"Bugun, taassufki, dunyoning turli mintaqalarida qurolli mojarolar avj olishda davom etmoqda. Unga: xalqaro terrorizm, narko- va kiberjinoyatchilik, iqlim oʻzgarishi kabi zamonamizning oʻtkir tahdidlari kelib qoʻshilmoqda. Joriy yilda bu roʻyxat ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda jiddiy inqiroz holatlarini keltirib chiqargan yana bir xavfli chaqiriq: koronavirus pandemiyasi bilan toʻldirildi", - dedi Lavrov.

Uning soʻzlariga koʻra, global muammolarga javob qaytarish yildan yilga, ayniqsa, hozirgi, dunyo hamjamiyatining bir-biriga nisbatan adovati oʻsib borayotgan bir sharoitda tobora murakkablashib bormoqda. Bunday holatlar ayrim davlatlarning boshqa davlatlar qonuniy manfaatlari bilan hisoblashishni istamasligi bilan bogʻliqdir, deb qayd etdi Lavrov.

Flagi SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQShning Rossiyaga qarshi sanktsiyalar uchun nishonlar roʻyxati deyarli tugadi

Tashqi ishlar vaziri taʼkidlaganidek, "qoidalarga asoslangan dunyo tartiboti" singari kontseptsiya va standartlarni kuch bilan oʻtkazish, bir vaqtning oʻzida davlatlarning ichki ishlariga aralashishga urinish, BMT Xavfsizlik Kengashi huquqlariga zid ravishda bir tomonlama sanktsiyalar qoʻllash, murosasizlik va nafrat koʻrinish bermoqda.

"Ammo tarixning tabiiy borishini sindirib boʻlmaydi. Bugungi kunda xalqaro maydonda iqtisodiy taraqqiyotning yangi markazlari kuchaymoqda, qurolli mojarolarni faqatgina tinchlik vositalari bilan bartaraf etishga zarurat kuchaymoqda, oʻzaro bogʻliqlik oʻsib bormoqda. Dunyo ajratuvchi chiziqlardan, davlatlarni "oʻzimizniki" va "begonalarga" boʻlishlardan charchadi, dunyo hartomonlama oʻzaro yordam va hamkorlikni oshirishni talab qilmoqda. Boshqacha qilib aytganda, BMT tashkil topgan vaqtda, 75 yil oldin oʻrtaga tashlangan maqsadlar tobora ahamiyatliroq boʻlib bormoqda2, - deb qayd etdi vazir.

Prezident RF V.Putin vruchil gosudarstvennыe nagradы v Kremle - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Aleksandr Bastrыkin: neonatsizm va revanshizm hozircha, aftidan, Yevropani choʻchitmayapti

Lavrov, shuningdek, tarixni qayta koʻrib chiqib, fashizm ustidan qozonilgan gʻalabala hal etuvchi hissani qoʻshgan xalqlar rolini pasaytirishga boʻlayotgan urinishlarni bemaʼnilik, deya atadi. U tarix saboqlarini yodda saqlashga, xaloskor-jangchilar jasoratiga hurmat koʻrsatishga, ularning sharafiga qad rostlangan yodgorliklarning butligini taʼminlashga chaqirdi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari soʻzlariga koʻra, zamonaviy sharoitlarda BMT oʻz ustaviga qatʼiy muvofiq ravishda ish olib boradigan samarali tuzilma boʻlib qolishi kerak, BMT tizimi asosiy organlari mandatlarini xiralashtirib, ular vakolatlarini takrorlashlariga yoʻl qoʻymaslik kerak, bu faqat kerakli maqsadlarga erishishni kechiktiradi.

Boytsы OMONa na aktsii protesta storonnikov oppozitsii v Minske - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
"Oqibati yomon boʻladi": AQSH Rossiyani Belarusdagi voqealarga aralashmaslikka chaqirdi

Jahon hamjamiyatining asosiy vazifalaridan biri: mojarolarni xalqaro miqyosda tan olingan muzokaralar formatlari doirasida, xalqaro huquq normalari asosida faqat tinchlik, siyosiy va diplomatik vositalar bilan hal etish boʻlib qolishi kerak, bunda terrorizmga va xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikni kengaytirish soʻzsiz ustuvorlikni kasb etishi lozim, deya taʼkidlaydi Lavrov.

Shuningdek, global barqarorlikni saqlab qolish uchun qurol-yarogʻ, qurolsizlanish va qurolni tarqatmaslik nazorati tizimini zaiflashtirishga urinishlarni cheklash dedi vazir.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala