Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus: 22 sentyabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishGospital COVID-19 v GKB №15 imeni O. M. Filatova
Gospital COVID-19 v GKB №15 imeni O. M. Filatova - Sputnik Oʻzbekiston
Sutka davomida 426 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 52 685 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
“Byudjetchilar”ga ayrim toʻlovlarni toʻlashni toʻxtatib turish muddati uzaytirildi

Bir sutka davomida 426 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 52 685 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 167 nafari Toshkent shahrida, 20 nafari Namangan viloyatida hamda 7 nafari Toshkent viloyatida tana harorati koʻtarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 461 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 49 067 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 93 foiz.

Ayni paytda 3 176 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 442 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Migrantlarga imtiyoz

Rossiyada oʻzbekistonlik mehnat migrantlariga 2020 yil 15 dekabrgacha imtiyozlar beriladi.

Bu vaqt oraligʻida fuqarolarga nisbatan maʼmuriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish, ilgari berilgan vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma, yashash uchun ruxsatnoma, ishlash uchun ruxsatnoma va patentni bekor qilish, shuningdek Rossiyaga kirishni taqiqlash kabi choralar qoʻllanilmaydi.

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ipoteka kreditini olish yanada soddalashtiriladi

Abu-Dabi-Toshkent

BAAning “Air Arabia Abu Dhabi LLC” aviakompaniyasi Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Airbus-320-214  havo kemalarida  parvozlar Abu-Dabi – Toshkent – Abu-Dabi yoʻnalishlarida amalga oshiriladi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 31,3 milliondan oshdi, 965 ming kishi vafot etdi, 21,5 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (6,9 mln), Hindistonda (5,6 mln), Braziliyada (4,6 mln).

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala